So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

03 iyu 19:13
Yangiliklar

Nukusda qo'l jangi bo'yicha professionallar o'rtasida Xalqaro turnir yakunlandi

Teglar :  Qo'l jangi
Xalqaro turnirga dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan professional sportchilarga qarshi hamyurtlarimiz ishonchli janglar olib borishdi.

Xususan, -55 kg vazn toifasida Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi, joriy yilgi Jahon chempionati g'olibi Maftuna Quvondiqova rossiyalik raqibasi Diana Saadullaeva ustidan ishonchli g'alabaga erishdi.

-60 kg vaznda esa IIV xodimi, Toshkentda o'tkazilgan Jahon chempionati sovrindori SHahboz Tursunov rossiyalik sportchi Arsen Mutachaevga qarshi ringga chiqdi va unda hamyurtimizning qo'li baland keldi.

-65 kg vazn toifasida Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi, Xalqaro turnirlar sovrindori Nurpeys Karlibaev ozarbayjonlik sportchi Ruslan Mammadovni mag'lubiyatga uchratdi.

-70 kg vaznda IIV xodimi, Jahon chempioni Olim Normurodov Ukraina terma jamoasi azosi Evgeniy Mkrtchan ustidan g'alaba qozondi.

-75 kg vazn toifasida yana bir Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi, Xalqaro turnirlar g'olibi SHerzod Jumanazarov Kamerundan tashrif buyurgan sportchi Tonleu Nguefak ustidan ishonchli g'alabaga erishdi.

Nihoyat +75 kg vaznda IIV xodimi, Jahon chempionati sovrindori Jahongir Jumaev ham beloruslik raqibi Yuriy Bubachkinni mag'lub etdi.

Nufuzli Xalqaro musobaqada g'oliblikni qo'lga kiritgan barcha sportchilarimizni samimiy muborakbod etib, ularga kelgusi faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz.





Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing