So’nggi yangiliklar

12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0

28 okt 14:14
Yangiliklar

Tadbirlar

Nurafshonda sport tibbiyoti tizimi xodimlari uchun seminar o'tkazildi

Nurafshon shahrida Toshkent viloyati sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi tomonidan viloyatdagi sport-talim muassasalarida faoliyat yuritayotgan tibbiyot xodimlari hamda trenerlari ishtirokida “Sport vrachlarining asosiy vazifalari”, “Sportda dopingga qarshi kurashish muammolari” mavzularida o'quv seminariga bo'lib o'tdi.

Dastlab boshqarma boshlig'i Rustam Boboqulov so'zga chiqib, mamlakatimizda sport tibbiyotini rivojlantirish borasida islohotlar amalga oshirilayotgani va shunga mos ravishda viloyatdagi sport-talim muassasalarda tibbiyot xodimlari faoliyatida yangicha tizimida rivojlantirish, endilikda sport-tibbiyot xodimlaridan mashg'ulotlarga ilmiy asosda yondashishlari talab qilinishini takidladi. 

So'ngra O'rta CHirchiq tumani sport maktabi shifokori Obid Ashurov so'zga chiqib, sport talim muassasalarida sport vrachining ish faoliyatidagi vazifalari, sport tibbiyoti, tibbiyotdagi tekshirish uslublari hamda sport shifokori bilishi kerak bulgan qonun-qoidalar bo'yicha malumot berdi. SHuningdek, "Sinafarm" MCHJ direktori Dilbar Atxambekova tomonidan sport faoliyatidagi metabolik dori vositalarining o'rni to'g'risida tushunchalar berildi. 

SHundan so'ng, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligining Talim dasturini ishlab chiqarish bo'limi boshlig'i Sevara Tursunova hamda Terapevtik istisnolar bo'limi boshlig'i Fotima Abdurahimova tomonidan dopingning sportdagi salbiy oqibatlari, sportchilarda taqiqlangan dori vositalari to'g'risida to'liq tushunchalar berildi. 

Seminar so'ngida sport talimi tibbiyot xodimlari hamda trenerlar tomonidan sportchilarni yuqori natijalarga erishishlari uchun qanday vitaminlar istemol qilinishi, qizlardan iborat sportchilarimizdagi o'zgarishlarga qay tarzda ilmiy jihatdan yondashish zarurligi, UZNADA qaysi vaqtda sportchilardan doping test olishi va shunga o'xshash ko'plab savollarga mutaxassislar tomonidan to'liq javob olindi. 

Mazkur sport tibbiyoti bo'yicha keyingi seminar bir oydan so'ng CHirchiq shahrida bo'lib o'tishi kelishib olindi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing