So’nggi yangiliklar

09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0

28 iyu 16:07
Yangiliklar

Gimnastika

Oksana CHusovitina Islom Birdamlik o'yinlarida qatnashadi. Terma jamoa tarkibi malum

Teglar :  Gimnastika
9-18 avgust kunlari Turkiyaning Konya shahrida V Islom Birdamlik o'yinlari bo'lib o'tadi.

Ushbu nufuzli musobaqaga O'zbekiston gimnastika terma jamoasi ham qizg'in tayyorgarlik ko'rmoqda. O'zbekistonlik gimnastlar turnirda ushbu sport turining deyarli barcha turlarida ishtirok etadi. Islom Birdamlik o'yinlarida yurtimiz sharafini himoya qiladigan terma jamoamiz tarkibi elon qilindi. Unga ko'ra, erkaklar terma jamoasidan Abdulla Azimov, Xabibullo Ergashev va Rasuljon Abdurahimovlar o'rin olgan bo'lsa, ayollar terma jamoasi tarkibidan Oksana CHusovitina, Dildora Aripova, Ominaxon Xalilova joy oldi. Gulnaz Jumabekova va Lobar Amrillaeva zaxirada qolgan. Eslatib o'tamiz, Oksana CHusovitina Bokuda o'tkazilgan so'nggi Islom Birdamlik o'yinlarida tayanib sakrashda oltin medalni qo'lga kiritgan edi. 

Bu yil Konyada badiiy gimnastika bo'yicha individual chiqishlar bilan bir qatorda birinchi marta guruh mashqlari ham dasturga kiritildi. Va albatta, O'zbekiston bosh sovrin uchun asosiy davogarlar qatorida etirof etilmoqda. Guruh mashqlarida SHaxzoda Ibragimova, Nargiza Jumaniyazova, Mumtoza Isxoqzoda, Nilufar Azamova, Mariya Pak va Xurshida Abduraufova yurtimiz sharafini himoya qilsa, individual bahslarda Tahmina Ikromova va Sabina Tashkenbaeva chiqish qiladi. Yakkalik dasturida musobaqada ishtirok etadigan uchinchi vakilamiz nomi esa hali nomalum. Hozircha Ekaterina Fetisova va Yasmina Rahimovaning imkoniyatlari teng va yakunda qaysi sportchi musobaqada ishtirok etishi nazorat mashg'ulotlaridan so'ng malum bo'ladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing