So’nggi yangiliklar

14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0

09 may 10:32
Yangiliklar

Gimnastika

Oksana CHusovitina: “Parij-2024 Olimpiadasiga ham tayyorlanaman”

Ayni kunlarda sport gimnastikasi bo'yicha O'zbekiston chempionati bo'lib o'tmoqda.

Etiborlisi unda ishtirok etgan afsonaviy atletimiz Oksana CHusovitina tayanib sakrash dasturida g'alaba qozonib, ushbu yo'nalishda ayni paytda mamlakatimizda tengi yo'q ekanini isbotladi. Biz bu orada sportchimiz bilan bog'lanib, Osiyo o'yinlarining qoldirilgani uning yaqin rejalariga qanday tasir o'tkazgani haqida so'radik.

– Oksana, navbatdagi chempionlik bilan tabriklaymiz. Hisoblab ko'rdingizmi, bu Siz uchun nechanchi mamlakat chempionligi? 

– Rahmat, tabrik va etibor uchun. Yo'q, odatda men medallarimni sanamayman. SHu bois bu haqida aniq ayta olmayman. 

– Osiyo o'yinlarining qoldirilishi rejalaringizga qanday tasir o'tkazdi? Agar 2023 yil ham faoliyatingizni davom ettirsangiz, Parij-2024 Olimpiadasi haqida o'ylab ko'rsa bo'ladi.

– Bu haqida yaxshilab o'ylab ko'rdim va Osiyo o'yinlaridan so'ng Parij-2024 Olimpiadasiga ham tayyorlanishga qaror qildim!

Malumot uchun, Oksana CHusovitina 8 bor Olimpiya o'yinlarida ishtirok etib, gimnastika tarixi va “Ginnesning rekordlari” kitobiga kiritilgan edi. Agar u Parij-2024 Olimpiadasida ham ishtirok etadigan bo'lsa, o'z rekordini yaqin davr ichida hech kim yaqinlasha olmaydigan qilib yangilaydi. Yana ham hayratlanarlisi, o'shanda u 49 yoshida bu ishni amalga oshirgan bo'ladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing