So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

13 mar 08:26
Yangiliklar

Gimnastika

Oksana CHusovitina sakkizinchi Olimpiadasiga germaniyalik murabbiy bilan tayyorlanadi

Teglar :  Oksana CHusovitina
Sportchilarimizni Tokio-2020 Olimpiya o'yinlarida tayyorlash bo'yicha har bir atletimizga alohida etibor qaratilmoqda.

Bu borada o'zbek va jahon sporti afsonasi Oksana CHusovitinaning ham Olimpiadaga munosib tayyorlanishi muhimdir. Bugun O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasida sportchimizni Tokio Olimpiadasiga individual tayyorgarlik ko'rishi masalalari muhokama qilindi. Unda MOQ raisi Rustam SHoabdurahmonov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, MOQ raisi o'rinbosari SHerzod Tashmatov, O'zbekiston gimnastika federaciyasi raisi vazifasini bajaruvchi Ruslan Mustaev, Tokio-2020 licenziati Oksana CHusovitina va u bilan hamkorlikda ishlashi kutilayotgan germaniyalik mutaxassis Diter Kox ishtirok etishdi. 

Tadbirda MOQ raisi Tokio Olimpiadasiga tayyorgarlik bo'yicha o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Tokio Olimpiadasiga tayyorgarlikka shaxsan Prezidentimiz bosh-qosh bo'lib turibdilar. Hukumatimiz bu boradagi barcha masalalarimizni ijobiy hal qilib bergan. Katta tajribaga ega xorijlik murabbiylar bilan ishlash biz uchun qiziqarli. Oksanadan umidimiz katta. Sportchimiz o'zining so'nggi Olimpiadasini medal bilan yakunlashiga tilakdoshmiz”, – dedi Rustam SHoabdurahmonov.

Diter Kox sport gimnastikasi bo'yicha ulkan tajribaga ega bo'lgan murabbiy hisoblanadi. Uning qo'l ostida Germaniya va Buyuk Britaniya jamoalari turli yillarda jahon chempionati va Olimpiya o'yinlariga tayyorlangan. Kelishuvga ko'ra, Kox sportchimizning shaxsiy murabbiyi bo'ladi va Tokio Olimpiadasiga CHusovitinani o'zi tayyorlaydi. Kelishuv Olimpiya o'yinlari yakuniga qadar amal qiladi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing