So’nggi yangiliklar

16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0

06 may 09:08
Yangiliklar

Eshkak eshish

Olimpiada licenziyalari uchun kechagi urinish o'xshamadi, umidimiz bugungi bahslardan

Tailandning Pattayya shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha Osiyo qitasi uchun Tokio-2020 Olimpiya o'yinlariga yo'llanma beruvchi musobaqaning birinchi kun ortda qoldi.

Unda hamyurtlarimiz 3 yo'nalishda licenziyalar uchun bahs olib borishdi. Afsuski, bellashuvlar jamoamiz uchun muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Kanoechilarimiz Vladlen Denisov va Gerasim Kochnev juftligi 1000 metrga kechgan bahsda marra chizig'ini uchinchi bo'lib kesib o'tishdi. 

Xuddi shu masofada kurash olib borgan kanoechilarimiz juftligi SHohruhbek Azamov va Javohir Nurmatov, 500 metr masofaga kechgan bahsda Arina Tanatmisheva (kanoe) to'rtinchi bo'lib marraga keldilar. 

Eslatib o'tamiz, ushbu musobaqada faqat birinchi o'rin egalarigina Olimpiada yo'llanmalariga sazovor bo'lishadi. 

Tokio shahrida o'tishi kerak bo'lgan akademik eshkak eshish bo'yicha licenzion musobaqaning ilk kuni noqulay ob-havo sabab bir kunga surildi. Bugungi bellashuvlarda sportchilarimizga omad tilaymiz. 

Unda quyidagi vakillarimiz bahs olib borishadi:

Baydarka:
SHahriyor Mahkamov (K1, 1000 metr)
Ekaterina SHubina (K1, 200 metr)
Denis Onufriev (K1, 200 metr)

Kanoe:
Bekzod Umaraliev (S1, 1000 metr)
Gulbahor Fayzieva (S1, 200 metr)

Akademik eshkak eshish. Tokio (Yaponiya):
M1x 2000 metr: Mehroj Mamatqulov
W1x 2000 metr: Malika Tagmatova
LM2x 2000 metr: SHahboz Xolmirzaev va Sobir Saforoliev
LW2x 2000 metr: Luiza Ismoilova va Omadoy Otaqo'zieva

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing