So’nggi yangiliklar

16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0

10 jan 19:15
Yangiliklar

Boshqalar, Suv sporti turlari

Olimpiada yo'llanmasi sohibiga ikki xonali uy sovg'a qilindi

2020 yil sarhisobi bo'yicha sport sohasi hamda O'zbekiston yoshlari forumi doirasida yuqori natijalarni qayd etgan navoiylik yoshlar viloyat hokimi tomonidan taqdirlandilar.

2020 yil 25 dekabr kuni muhtaram Prezidentimiz SHavkat Mirziyoevning «Humo arena»da respublikamiz yoshlari bilan uchrashuvi chog'ida har yil o'z sohasida faol bo'lgan iqtidorli yoshlarni qo'llab-quvvatlash taklifi bildirilgan edi.

SHu munosabat bilan kuni kecha Navoiy shahar «Yoshlar» markazining katta majlislar zalida viloyatda 2020 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan bajarilgan ishlar sarhisobiga bag'ishlangan tadbir o'tkazildi.

Tadbirda festivalda faol ishtirok etgan iqtidorli yoshlar, yuqori natijalar qayd etgan sportchilar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar Navoiy viloyati hokimi tomonidan rag'batlantirildi.

2020 yil 18-25 dekabr kunlari O'zbekiston yoshlari forumi doirasida o'tkazilgan «Yoshlar festivali»da qirqqa yaqin loyiha va tadbirlar tashkil etilib, tanlov va musobaqalar o'tkazildi hamda bir qator yoshlar, jamoalar g'oliblikni qo'lga kiritdilar.

SHu bilan bir qatorda, viloyatda sportni rivojlantirish, yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish, sog'lom turmush tarzini keng targ'ib qilish, ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash maqsadida «Hokim kubogi» sport musobaqalari ham tashkil etildi.

«Hokim kubogi» va festival doirasida tashkil etilgan kibersport, «SHunqorlar» o'yinlari, basketbol, voleybol, mini-futbol, stol tennisi, badminton, shaxmat-shashka hamda velosport musobaqalarida g'oliblikni qo'lga kiritgan yoshlar qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.

SHuningdek, tadbirda Navoiy viloyatida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga qo'shgan hissalari uchun «Eng yaxshi murabbiy» nominaciyasida Mahmud Tog'aev, «Eng yaxshi ayol murabbiy» nominaciyasida Farida Tog'aeva, «Sport fidoiysi» nominaciyasida marhum Ibodulla Rahmonov, «Eng yaxshi sport targ'ibotchisi» nominaciyasida Tohir Abduraxmonov, «Eng yaxshi sport tashkiloti» nominaciyasida Navoiy olimpiya zaxiralari kolleji, «Ayol sport fidoiysi» nominaciyasida Larisa Kim, «Eng yaxshi jamoa» nominaciyasida Navoiy viloyati voleybol jamoasi, «Eng yaxshi sport homiysi» nominaciyasida Navoiy kon metallurgiya kombinati maxsus sovrinlar bilan mukofotlandi.

Bundan tashqari, 2020 yilda yuqori natijalarni qayd etgan bir guruh sportchilar ham viloyat hokimi tomonidan taqdirlanishdi.

Marosimning eng kulminacion nuqtasi – suzish bo'yicha O'zbekiston ochiq kubogida 1-o'rinni egallab, Tokio olimpiadasiga yo'llanmani qo'lga kiritgan hamda 2020 yil yakunlariga ko'ra, Navoiy viloyatida «Eng yaxshi sportchi» nominaciyasi g'olibi bo'lgan Xurshid Tursunovga ikki xonali uyning kalitini topshirish jarayoni bo'ldi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing