So’nggi yangiliklar

14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0

28 iyu 21:22
Yangiliklar

Qishki sport turlari

Olimpiya o'yinlari afsonalari: Norvegiyalik vampir

Olimpiya o'yinlari afsonalari rukni ostida yozgi Olimpiya o'yinlarining eng sovrindor sportchilari haqida malumot bergan edik.

Bugun qishki Olimpiya o'yinlari afsonalaridan biri, norvegiyalik biatlonchi Ule-Eynar Byorndalen haqida hikoya qilamiz.

Ule-Eynar Byorndalen 1974 yil 27 yanvar kuni Norvegiyaning Drammen shahrida tavallud topgan. O'zining chang'idagi yuqori tezligi, merganlik mahorati bilan minglab muxlislar ko'ngliga kirib bordi. Uzoq yillik faoliyati davomida Ule-Eynar «Biatlon qiroli», «Buyuk va daxshatli», «Norvegiyalik vampir», «Qizil iblis», 40 yashar yigit kabi laqablar bilan tanilgan. Unda qadimiy skandinav ovchilarining qoni oqadi, degan tariflar ham uchrab turadi. Byorndalen 5 ta Olimpiya o'yinlarida 8 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza medallariga egalik qilgan. Jahon chempionatlarining o'zida esa 20 ta oltin, 14 ta kumush va 11 ta bronza medallarini qo'lga kiritgan. 2014-2016 yillar davomida Xalqaro Olimpiya qo'mitasi azosi bo'lgan.

Byorndalen biatlon musobaqalarida Jahon kuboklarida qo'lga kiritilgan g'alabalar , eng ko'p startlar va boshqa bir qator yo'nalishlarda mutlaq rekordchi sanaladi. Uning qanchalik buyuk sportchilardan biri ekanligini 40 yoshida Sochi Olimpiadasining sprint yo'nalishida zafar quchganining o'ziyoq ifodalab turibdi.

Norvegiyalik afsona o'ziga umr yo'ldosh tanlashda ham biatlondan uzoqqa ketmagan. Byorndalen 2016 yil Belarus qahramoni, o'zi kabi mashhur biatlonchi, 4 karra Olimpiada chempioni Darya Domracheva bilan oila qurdi va hozirda 1 qizi bilan shodu xurramlikda hayot kechirishmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing