So’nggi yangiliklar

13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0

05 iyu 08:19
Yangiliklar

Engil atletika, Olimpiya o'yinlari

Olimpiya o'yinlari afsonalari: SHamol o'g'loni

Frederik Karlton Karl Lyuis bolalik paytida dastavval sport bilan emas, balki musiqa bilan shug'ullangan.

Kunlarning birida u hovliga chiqib, 29 fut va 2,5 dyuym (8 metr 90 santimetr) uzunlikni o'lchab, marradagi erga yopishqoq tasmani yopishtirib qo'ydi. O'sha paytda jahonning eng nomdor sportchilari ham bu masofaga sakray olmasdi. Ammo Karl shu masofani zabt etish uchun tinimsiz mashq qilishni boshlab yubordi.

Karlga uning ota-onasi sportchilar oilasi bo'lganligi ham qo'l keldi. Karlning otasi mahalliy universitetda engil atletikachilar treneri bo'lib ishlardi, onasi esa 1951 yilda Panamerika o'yinlarida to'siqlar osha yugurish musobaqalarida ishtirok etgan edi. To'g'ri, sport bilan shug'ullanishga ota-onasi emas, balki shifokorlar tavsiya berishgan. CHunki o'smir juda oriq bo'lgan.

Hovlidagi mashqllardan keyin nima sodir bo'lgani jahon sporti tarixiga zarhal harflar bilan bitildi. Karl Lyuis beshta Olimpiya o'yinlarida ishtirok etib, 10 ta medalni qo'lga kiritgan. U, shuningdek o'n marta jahon chempionatlarida ishtirok etib, engil atletikaning bir necha turlarida jahon rekordlarini o'rnatgan. 17 yil davomida rasmiy musobaqalarda ishtirok etgan sportchi “Asr olimpiyachisi”, “Qirol Karl”, Yuz yillikning eng yaxshi sportchisi” va “SHamol o'g'loni” deb etirof etilgan.

Karl Lyuisning noyobligi shundan iboratki, u to'rtta Olimpiadada engil atletikaning 10 ta dasturida ishtirok etib, 9 ta oltin medalni va faqat bitta kumush medalni qo'lga kiritgan. Olimpiya o'yinlarida Karl Lyuisni faqat bir marta – 1988 yilda Seulda 200 metrga yugurishda Olimpiada rekordini o'rnatgan Jo Deloach orqada qoldira olgan. G'olib bu masofada 19,75 soniya natijasini ko'rsatgan bo'lsa, kumush medal sohibi 19,79 soniyada marraga kelgan.

Amerikalik sportchi ketma-ket uch marta – 1982, 1983 va 1984 yillada jahonning eng yaxshi engil atletikachisi deb elon qilingan. 1996 yilda u Avstriya shahzodasi sovrini laureati bo'lgan. Xalqaro Olimpiya qo'mitasi amerikalik engil atletikachini “Asr sportchisi” deb elon qilgan. Karl Lyuisning siymosi hatto Ozarbayjonning pochta markasida muhrlangan.

Bugungi kunda u Karl Lyuis hayriya jamg'armasini tashkil etgan. Jamg'arma mablag'lari ham yoshlar, ham katta yoshdagilarni engil atletika bilan shug'ullanishga yordam berishga va bu bilan o'z salomatliklarini mustahkamlash, imkoniyatlarini kengaytirishga sarflanmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing