So’nggi yangiliklar

18:52Дариуш Махачевни мағлуб этишига ишонмоқда 0 18:31Шон О'Мэлли Конор Макгрегор билан жанг учун вазнини ўзгартиришга тайёр 0 18:10"Реал Мадрид" Кроосга ўринбосар топди 0 17:48Фьюри: "Агар Усик ғалабани мендан кўра кўпроқ истаса - у ютади" 0 17:25Махачев UFC 302 турниридаги жанги олдидан Порьега мурожаат қилди 0 17:01UFC Саудия Арабистонида ҳам катта турнир ташкил этади 0 16:38"Барселона" ҳужум чизиғини кучайтирмоқчи 0 16:16Ломаченко Камбососни мағлуб этса кейинги рақиб ким бўлади? Промоутер жавоб берди 0 15:53Том Круз Париж Олимпиадасининг ёпилиш маросимида иштирок этади 0 15:27"Ижтимоий тармоқда кўпроқ пул топдим". Шон О'Мэлли UFCдаги гонорарлардан норози 0 15:05EЧЛ ҳафта футболчисига номзод футболчилар маълум 0 14:44Astana Barysy Grand Slam`га қуръа ташланди. Дзюдочиларимиз иштирокларини кимларга қарши бошлашади? 0 14:39Рим WTA 1000. Осака, Кенин ва бошқаларда ғалаба, Векичда мағлубият, ёмғир сабаб қолдирилган ўйинлар 0 14:18Энтони Смит UFC`нинг таклифини рад этди 0 13:57Анчелотти "Бавария"нинг шикоятларига жавоб қайтарди 0

13 apr 16:07
Yangiliklar

Sport kurashlari

Olimpiya o'yinlari sovrindoriga yutqazib berishi uchun katta miqdorda pul taklif qilishdi

Teglar :  Frenk CHamizo
Rio-2016 Olimpiya o'yinlarining bronza medali sovrindori, ikki karra jahon chempioni Frenk CHamizoga yutqazib berishi evaziga katta miqdorda pul taklif qilishdi.

Bu haqida italiyalik erkin kurashchining o'zi malum qildi. Holat yaqinda Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida o'tkazilgan Parij-2024 Olimpiadasi uchun licenzion turnirda ro'y bergan. 

"Yonimga bir kishi kelib, yutqazib berishim uchun 300 ming dollar pul taklif qildi. Kim pul taklif qilganini aytmayman. Bu holat tarozidan o'tish kuni ro'y berdi. Taklifga nima deb javob berdim? Yaxshigina so'kishimni eshitdi. Isbotim bormi? Mening o'zim tirik guvohman! Men nafaqat o'zim, balki mamlakat federaciyasi, armiyam va butun Italiyani namoyon etaman. Haqqoniyligim, g'ururimni sindirish ular o'ylagandek oson ish emas. O'zimdan o'tganini faqat o'zim bilaman. SHubhangiz bo'lsa, mezbon kurashchilar bilan bo'lib o'tgan bahsimni ko'rib chiqing. Besh nafar hakamning bari birdek raqib tizzasini gilamga bosganimni qayd etdi. Hakamlar hayati raisi vaziyat takrorini ko'rib chiqdi. Lekin faqat bitta kamerada olingan kadrni va u ham hakamlar qarorini qo'llab-quvvatladi. Ozarbayjonda ikki xissa kuch bilan kurashish kerakligini bilardim. CHunki, hamma narsani sotib olishgandi. Turnirdagi barcha bellashuvlarimda faqat bir hakamning ishlagani g'alati emasmi? Hakam umuman o'zgarmadi", — deya CHamizoning so'zlarini keltiradi La Repubblica nashri.

Eslatib o'tamiz, Frenk Parij-2024 Olimpiadasiga Evropa qitasi licenzion turnirining 74 kg vazn toifasi bellashuvlari 1/2 finalida ozarbayjonlik Turan Bayramovga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuv 8:8 (VPO1) hisobida yakunlanib, Olimpiada licezniyasi Bayramovga taqdim etilgandi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing