So’nggi yangiliklar

11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0

10 avg 16:18
Yangiliklar

Qiziqarli!

“Olimpiya uyi” nufuzli memorchilik mukofotlariga sazovor bo'ldi

Jahonda ekologiya jihatidan eng musaffo binolardan biri – Lozannadagi “Olimpiya uyi” (HOQning qarorgohi) innovaciyaviy xususiyatlari uchun “Architizer A + Awards”ning ikkita nufuzli mukofotiga sazovor bo'ldi.

“Olimpiya uyi” 100 tadan ko'proq mamlakatdagi 5000 dan ziyod binolar orasidan tanlab olindi. Bunda ushbu binoda “Ob-havoning o'zgarishi, urbanizaciya va migraciya, pandemiya kabi muqarrar global muammolarni oldini olishga yo'naltirilgan loyiha”ga alohida etibor berildi.

Daniyaning “3XN” memorchilik kompaniyasi SHveycariyaning “IttenBrechbühl” firmasi bilan hamkorlikda loyihalangan “Olimpiya uyi” 2019 yil 23 iyunda ochilgan edi. U nihoyatda qatiy talablar qo'yiladigan uchta ekologik qurilish sertifikatini olgan.

Sportchilarni ruhlantiradigan tomdagi kabutarlar ko'rinishi quyosh panellari shakli bilan “Olimpiya uyi”da memorchilikning eng yuksak standartlarini mujassamlashtirishga etibor berilgan. U energiya va suvdan samarali foydalanishning qatiy mezonlarini qamrab olishi bilan birga bu binodan foydalanuvchilarning salomatligi va farovonligini maqbullashtiradi.

Bino tiklanadigan energiya manbalaridan hamda yaqin oradagi Jeneva ko'li suvidan sovitish va isitish uchun foydalanadi. Odimpiada halqalariga hamohang “Birdamlik” zinasi binodan foydalanuvchilarning harakatda bo'lishlari va hamkorlik qilishlarini rag'batlantiradi.

“Olimpiya uyi” “Architizer A + Awards” mukofotlarini qo'lga kiritgunga qadar “Prix Bilan de l’immobilier 2019”ning “Qurilish ekologiyasi”toifasidagi va yaqindagina – “USGBC Leadership Award 2020”ning birinchi mukofotiga ham sazovor bo'lgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing