So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

23 fev 07:23
Yangiliklar

Tadbirlar, Bolalar sporti

Ommaviylik. Toshkent tumanida sport tadbirlari o'tkazildi FOTOREPORTAJ

Kecha Toshkent tumanidagi bolalar-o'smirlar sport maktabida Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan sportning erkin kurash, karate (WKF) va futbol turlaridan seminar-trening, master-klass hamda mini-futbol bo'yicha musobaqalar o'tkazildi.

Tadbirida viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi xodimlari, boshqarma tasarrufidagi barcha tuman va shahar jismoniy tarbiya hamda sport bo'limi rahbarlari, sport maktablarining direktorlari, uslubchi va murabbiylari, viloyat sport federaciyalari masullari ishtirok etishdi.                   

CHin manoda sport bayramiga aylangan ushbu tadbir O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 iyundagi “”Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ – 3031-sonli qariri hamda davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus ijrosini taminlash orqali sog'lom turmush tarzini shakllantirish, ommaviylikka keng etibor qaratish, qolaversa, soha xodimlari o'rtasida do'stona muhitni yanada mustahkamlash, mini-futbol, karate, erkin turlaridan o'zaro tajriba almashishdan iborat bo'ldi.

Dastlab, tadbirning ochilish marosimida so'z olganlar bugun mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportga, jumladan ommaviy sportga qaratilayotgan yuksak etibor haqida, o'tkazilayotgan ushbu sport tadbirlari ham sog'lom turmush tarzining targ'iboti va amalda isboti sifatida ko'rish mumkin ekanligi haqida takidlab o'tishdi.

SHundan so'ng barcha yig'ilganlar ishtirokida ertalabki badantarbiya mashg'ulotlari o'tkazilib, rejaga muvofiq tuman bolalar-o'smirlar sport maktabiga qarashli stadionda futbol bo'yicha, kurash zalida erkin kurash bo'yicha, 9-umumiy o'rta talim maktabi sport zalida karate (WKF) bo'yicha xalqaro musobaqalar g'olibi va sovrindorlari Dilshod Mansurov, Dilshod Yusupov va boshqa malakali mutaxassislar tomonidan master klass va treninglar tashkil qilindi.  

BO'SM direktorlari, tuman va shahar jismoniy tarbiya va sport bo'limlari, sport federaciyalari va boshqarma  xodimlaridan iborat jamoalar o'rtasidagi futbol bo'yicha o'tkazilgan bellashuvlarning finaliga viloyat federaciyalaridan tarkib topgan jamoasi hamda Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi jamoasi etib kelishdi.  

Yakunda federaciyalar jamoasi boshqarma jamoasini 2:1 hisobiga ko'ra mag'lub etib, g'oliblikni qo'lga kiritdi. Musobaqa so'nggida g'olib va sovrindor jamoalar viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i Komiljon Adilov tomonidan esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.  

   

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing