So’nggi yangiliklar

10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0

16 noy 17:10
Yangiliklar

O'q otish

O'q otish. Osiyo chempionati oldidan kuchlilar saralandi

Teglar :  O'q otish
Bir xafta davomida poytaxtimizdagi MXSK bazasida pnevmatik quroldan o'q otish bo'yicha o'smirlar o'rtasida O'zbekisiton kubogi musobaqalari bo'lib o'tdi.

Natijalarga ko'ra Toshkent viloyati  vakili Suhrob Mirzajonov pnevmatik miltiqdan o'q otish bo'yicha raqiblaridan kuchliroq ekanini isbotlab terma jamoa yig'iniga taklif etiladigan bo'ldi:

"Musobaqa o'ziga xos tarzda o'tdi,chunki har bir qatnashchi juda kuchli tayyorgarlik ko'rgan edi,-deydi S.Mirzajonov. -Men ham ushbu musobaqada alo darajada  qatnashdim va o'zim kutgan natijani qo'lga kiritdim. Hayajon ham bo'ldi, albatta. Ustozlarim va bevosita telefonda ota-onamning qo'llab-quvvatlashi natijasida hayajonimni engishga muvaffaq bo'ldim".

Kubok musobaqalari doirasida qizlar o'rtasidagi bahslarda  Surxondaryo viloyati vakili Nigina Saidqulova ham kuchlilar orasiga kirdi:

"6 oy davomida  ushbu sport turi bilan shug'ullandim. Mashg'ulotlar meni o'ziga rom etdi. O'zbekiston kubogiga ham juda jiddiy tayyorgarlik ko'rdim. CHunki raqiblarim kuchliligini bilardim. Muvaffaqiyatga erishish oson kechmadi, deb o'ylayman. Har bir mashqlar men uchun juda hayajonli kechdi va shu bilan bir qatorda juda ko'p do'stlar orttirdim".

20 yoshgacha bo'lgan sportchilar o'rtasida bo'lib o'tgan O'zbekiston kubogi yakunida terma jamoaga nomzod sportchilar saralab olindi. G'oliblarga O'zbekiston o'q otish federaciyasi tomonidan faxriy yorliqlar taqdim etildi.

Terma jamoamiz oldida shu yilning 6-12-dekabr kunlari Yaponiyada o'tkaziladigan X Osiyo chempionati turibdi. Masuliyatli musobaqalar oldidan bosh jamoamizning yig'in mashg'ulotlari 20- noyabr – 4 dekabr kunlari Toshkentda bo'lib o'tadi.

Hurshid Nematullaev


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing