So’nggi yangiliklar

15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0

09 may 17:29
Yangiliklar

O'q otish

O'q otish sporti. Qutlug' ayyomga bag'ishlangan musobaqa shukuhi

Teglar :  XorazmO'q otish
9 may – Xotira va qadrlash kuni.

SHu kuni Ikkinchi jahon urushida fashizmga qarshi mardonavor kurashib, halok bo'lgan hamyurtlarimiz xotirasi eslanadi. Buning barobarida, yurtimizda umrguzaronlik qilayotgan faxriylarimizga hurmat-ehtirom ko'rsatiladi.

Qolaversa, ushbu qutlug' sana munosabati bilan aholining turli qatlami, xususan, yoshlarimiz ishtirokida madaniy-marifiy tadbirlar, sport musobaqalari uyushtirish ananaga aylangan.  

Mubolag'a emas, O'zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Xorazm viloyati kengashi hamda viloyat texnik va amaliy turlari markazi tomonidan “Xotira muqaddas – qadr aziz!” shiori ostida pnevmatik quroldan o'q otish sporti bo'yicha uyushtirilgan Xorazm viloyati birinchiligi ana shu ezozli bayramimizga o'ziga xos shukuh bag'ishladi.

Xorazm VTAST markazining o'q otish tirida bo'lib o'tgan mazkur musobaqada vohaning barcha shahar va tumanlaridan tashrif buyurgan 2003 yilda tug'ilgan va undan kichik yoshdagi 70 nafarga yaqin sportchi merganlik borasida mahoratini namoyish qilishdi.

Pnevmatik miltiqdan o'q otish birinchiligi.

Qizlar. 1-o'rin. Nilufar Yuldasheva (Bog'ot tumani O'STK). 2-o'rin. Sevara Abdullaeva (SHovot tumani O'STK). 3-o'rin. Laylo Rahimova (Xiva tumani O'STK).

O'g'il bolalar. 1-o'rin. Isroil Saparboev (Bog'ot tumani O'STK). 2-o'rin. SHahzod Saparboev (Qo'shko'pir tumani O'STK). 3-o'rin. Muhammad Saparboev (SHovot tumani O'STK).

Pnevmatik to'pponchadan o'q otish birinchiligi.

Qizlar. 1-o'rin. Laylo Sultonova (Bog'ot tumani O'STK). 2-o'rin. SHukurjon Adambaeva (SHovot tumani O'STK). 3-o'rin. Gulhayo Ozodova (Urganch tumani O'STK).

O'g'il bolalar. 1-o'rin. Og'abek Mahmudov (Xiva tumani “Karvon” O'STK). 2-o'rin. Xolbek Allayarov (Xiva tumani O'STK). 3-o'rin. Samandar Madrimov (Yangibozor tumani O'STK).

Jamoaviy birinchilik. 1-o'rin. Bog'ot tumani O'STK. 2-o'rin. SHovot tumani O'STK. 3-o'rin. Xiva tumani O'STK.

Musobaqaning yopilish marosimida Xorazm viloyat texnik va amaliy sport turlari markazi direktori Odilbek Ibragimov musobaqa ishtirokchilarini muborak ayyom bilan tabriklab, g'olib va sovrindorlarni diplom va sovg'alar bilan taqdirladi.

Ishonchimiz komilki, bunday tadbirlar yoshlarni manan rag'batlantiradi, uni yashashga, yaratishga, elu yurtga sadoqat va qatiyat bilan xizmat qilishga undaydi. Zero, xotira hamisha muqaddas, qadr azizdir.

Ikrom XUDOYBERGANOV, Urganch shahridan

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing