So’nggi yangiliklar

16:55Нурсултон Рўзибоев: «Ўзимнинг хатом билан рақиб курашга кирди» 0 16:32"Фьюри тўққизинчи раундда туриб бера олганидан ҳайрон қолдим" - Кличко 0 16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0

16 sen 09:39
Yangiliklar

O'q otish

O'q otuvchilarimiz Osiyo chempionatidagi muvaffaqiyatli yurishlarini davom ettirishmoqda

O'q otish bo'yicha Osiyo chempionati davom etmoqda.

Qozog'istonning CHimkent shahrida o'tkazilayotgan o'q otish sporti bo'yicha 14-Osiyo chempionatida mamlakatimizning sport terma jamoasi tarkibidagi O'zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti merganlari yirik g'alabalarni qo'lga kiritmoqda.

Jumladan, “Vatanparvar” tashkilotining Surxondaryo viloyati kengashi o'q otish sporti sekciyasi azosi Nigina Saidqulova 21 yoshgacha bo'lgan sportchilar o'rtasida yakka tartibda kechgan bellashuvda 1-o'rinni egallab, oltin medal bilan taqdirlandi. U, shuningdek, jamoaviy bahsda ham g'oliblikni qo'lga kiritib, ikkinchi oltin medalga sazovor bo'ldi.

“Vatanparvar” tashkiloti Surxondaryo viloyati kengashining yana bir sportchisi Nuriddin Nuriddinov 16 yoshgacha bo'lgan sportchilar o'rtasida yakka tartibda kechgan musobaqada 3-o'rinni egallab, bronza medaliga sazovor bo'ldi.

Tashkilotning Namangan viloyati kengashi sportchisi Muhammad Kamolov 21 yoshgacha bo'lgan sportchilar o'rtasida yakka tartibda kechgan bellashuvda 3-o'rinni egallab, bronza medali bilan taqdirlandi. Jamoaviy bahsda esa unga 2-o'rin (kumush medal) nasib etdi.

“Vatanparvar” tashkiloti Toshkent viloyati kengashining o'q otish sekciyasi sportchilari Oybek Asilov jamoaviy kechgan bahsda 1-o'rinni egallab, oltin medalga sazovor bo'lgan bo'lsa, Iroda Azimboeva 21 yoshgacha bo'lgan sportchilar o'rtasida yakka tartibda o'tkazilgan musobaqada 2-o'rinni qo'lga kiritdi.

Qozog'istonning CHimkent shahrida o'tkazilayotgan o'q otish sporti bo'yicha 14-Osiyo chempionati 20 sentyabr kuni yakuniga etadi.

Eslatib o'tamiz, bir necha kun oldin – 4-11 sentyabr kunlari Rossiya Federaciyasida o'tkazilgan birinchi MDH davlatlari o'yinlarida pnevmatik quroldan o'q otish yo'nalishida “Vatanparvar” tashkiloti sportchisi Muhammad Kamolov faxrli 1-o'rinni egallab, oltin medalga sazovor bo'lgan edi.


O'zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Matbuot xizmati



Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing