So’nggi yangiliklar

11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0

01 jan 20:20
Yangiliklar

Karate

Orzulari osmon Dilmurod!

Jannatmakon yurtimiz barcha sohalar bo'yicha istedodlarga boy.

Yurtimizda barcha sohalarda bo'lgani kabi, sportga ham davlat siyosati darajasida etibor qaratilyapti. Bu bejiz emas, albatta. CHunki, buyuk kelajakni qurayotgan har qanday mamlakat har tomonlama sog'lom, zakovatli avlodga suyanadi. Bu borada eng yaxshi ko'makchi bu sport, jismoniy tarbiya ekanligi hech kimga sir emas. 

Qolaversa, sport va sanat istalgan mamlakatni dunyoga eng tez tanituvchi sohalar hisoblanadi. Tan olish kerak, bugungi kunda sport orqali ko'proq tanilyapmiz. Deyarli har hafta dunyoning qaysidir bir burchagida O'zbekiston madhiyasi yangrab, davlat bayrog'i sarbaland ko'tarilmoqda. Bu yurtimizda sportga qaratilayotgan etiborning mahsuli. 

Bugun biz sizlarni ana shunday istedodli sportchilarimizning biri bilan yaqindan tanishtiramiz. Qahramonimiz - bir vaqtning o'zida karate, kurash, futbol, ushu kabi sport turlari bilan shug'ullanib, ularning deyarli barchasida aytishga arzigulik yutuqlarni qo'lga kiritgan istedod egasi, istiqlol farzandi, qora belbog' 1-DAN sohibi Dilmurod Ibragimov!

Bizning malumot: 

Dilmurod Ibragimov - 1995 yilning 14 aprel kuni Toshkent shahrining SHayxontohur tumanida ziyolilar oilasida dunyoga kelgan. Oilada ikkinchi farzandning kenjasi. Bolaligidan sportga mehr qo'ygan Dilmurod “Jar” sport-sog'lomlashtirish majmuasida karate bilan professional darajada shug'ullana boshladi. Birinchi murabbiyi Doniyor Toshmuhammedov. Ko'plab xalqaro musobaqalarning g'olib va sovrindori bo'lgan. Havas qiladigan karatechisi - Rafael Agaev (Ozarbayjon). Dide Drogbaning o'yinlarini tomosha qilib, futbolga bo'lgan mehri oshgan. Bolalikda uchuvchi bo'lishni orzu qilgan.      

Dilmurod Ibragimov 7 yoshidan karate va kurash bilan shug'ullanishni boshladi. O'n uch yoshga to'lganida uning oldida tanlov yuzaga keldi: karate yoki kurash. SHunda u sharq yakkakurashi oilasiga mansub karateni tanladi. Faoliyatidagi birinchi medalini 2007 yilda Samarqand viloyatining Narpay tumanida o'tkazilgan Respublika Ochiq chempionatida qo'lga kiritgan. 

- Ilk medalimning oltin bo'lganini aslo unutmayman, - deydi qahramonimiz. - Uyga qaytganimda oila azolarim juda ham xursand bo'lishgan edi. Ayniqsa, onam o'zlarida yo'q quvongandilar. Bu muvaffaqiyat meni yanada ruhlantirdi va shundan so'ng o'zim qatnashgan musobaqalardan medalsiz qaytmaydigan bo'ldim. 

Qahramonimiz uchun 2010 yilgi sport mavsumi omadli keldi. U o'sha yili qora belbog' 1-DAN sohibiga aylandi. Etiborga molik jihati shundaki, unga ushbu darajani shaxsan Xalqaro karate-do associaciyasi prezidenti Xitoshi Kacuya tantanali ravishda topshirdi. Qora belbog' uchun jami 20 sportchi imtixon topshirgan bo'lsa, ulardan 7 nafarigagina 1-DAN darajasi taqdim etilgandi. Bu esa sinovning qanchalik jiddiy bo'lganidan darak beradi. Dilmurod 2012 yili “Toshkent Open” musobaqasida kumush medalni qo'lga kiritdi. Andijon mezbonlik qilgan O'zbekiston chempionatida shoxsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarilgan. 

So'zimiz avvalida aytganimizdek, Dilmurod Ibragimov serqirra sportchi. U 2010-2016 yillar oralig'ida qo'l jangi sport turi bilan shug'ullangan. Dilmurod murabbiy Mahmud Eminov qo'l ostida professional tarzda mashg'ulot o'tkazgan. Qo'l jangi bo'yicha o'tkazilgan Respublika festivalida birinchi o'rinni egallagan. Mahmud Eminov Dilmurodning karatedagi ilk murabbiyi Doniyor Toshmuhammedovning shogirdi hisoblanadi. Keyin malum muddat sharq yakkakurashlarining yana bir keng tarqalgan turi - ushu bilan shug'ullana boshladi.

Dilmurod Ibragimov sport bilan shug'ullanish barobarida tahsilni ham unutib qo'ygani yo'q. U bolalikdagi orzusini ro'yobga chiqarish maqsadida Toshkent aviaciya kollejida o'qidi. Kollejni alo baholarga tamomladi. Lekin to'lov-shartnomasiga ilingani bois, institutga kira olmadi. Onasini o'ylagan Dilmurod talabalik baxtidan vaqtinchalik voz kechdi. Onasiga ko'maklashish maqsadida o'ziga qo'shimcha ish topdi. Ibragimovlar oilasi uchun o'sha paytlar oson bo'lmadi. 

Dilmurod mashg'ulotdan so'ng onasiga ko'maklashar, parallel ravishda ingliz tilini o'rganardi. Hozirda u ingliz tilida bemalol so'zlasha oladi. Uning orzulari osmon, nurafshon kunlari oldinda. Hayot mashaqqatlarini sabr bilan bosib o'tayotgan bugungi qahramonimizga bu borada unga omad va zafar yor bo'lishini tilaymiz!  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing