So’nggi yangiliklar

16:55Нурсултон Рўзибоев: «Ўзимнинг хатом билан рақиб курашга кирди» 0 16:32"Фьюри тўққизинчи раундда туриб бера олганидан ҳайрон қолдим" - Кличко 0 16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0

23 apr 11:12
Yangiliklar

Sport kurashlari

Osiyo chempionati. Finalda Abdullaev - Kumar bahsi bo'lmaydi. Uch kurashchimiz bronza uchun kurashadi

Mo'g'uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida sport kurashlari bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda.

Biroz avval qita chempionatining beshinchi kungi saralash bellashuvlari yakunlanib, kechki dasturda medallar uchun gilamga chiqadigan juftliklar malum bo'ldi. 

Afsuski, bugun kumush yoki oltin medal bo'lmaydi. Erkin kurashchilarimizdan uch nafari kechki dasturda bronza medali uchun gilamga chiqishadi. Kamida finalga chiqishini kutganimiz G'ulomjon Abdullaev chorak finalda qozog'istonlik Rahat Kaljanga 1-6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. 

Tokio Olimpiadasi ishtirokchisi hisoblangan Abdullaev o'tish uchrashuvida shri-lankalik Gayan Mudiyanselagedan 4-0 hisobida ustun keldi. Endi u bronza medali uchun qirg'izistonlik Almaz Smanbekovga qarshi bahs olib boradi. Finalda Ravi Kumar (Hindiston) - Rahat Kaljan (Qozog'iston) bahsiga guvoh bo'lamiz. 

Bronza uchun gilamga chiqadigan kurashchilarimiz:

-57 kg: G'ulomjon Abdullaev - Almaz Smanbekov (Qirg'iziston) 

-65 kg: Abbos Rahmonov - Haji Muhammad Ali (Bahrayn)

-97 kg: Muhammadrasul Rahimov - Mamed Ibragimov (Qozog'iston)

Erkin kurashchilarimizdan Begijon Qo'ldoshev (-70 kg) ilk davrada koreyalik Yonseok Jeongga 5-6, Jasurbek Usmonoxunov (-79 kg) esa boshqa bir koreys kurashchisi Bumgeo Seoga 4-5 hisobida yutqazib qo'ydi. 

Reyting: +1   

Fikrlar

   
23 apr 12:33:10
.Sherzod.
57 kg dan oltin medal kutgandim afsus qisqa qilib aytganda erkin va yunon rum kurashlari bizda o‘lib bo‘pti
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing