So’nggi yangiliklar

11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0

24 may 15:22
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Osiyo chempionati. Nechta oltin bo'lishi mumkin? Imkoniyatlar va asosiy raqiblarimiz (Tahlil)

Xabar berib o'tganimizdek, bugun BAAning Dubay shahrida boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati start oladi.

Musobaqada O'zbekiston terma jamoasi to'liq va eng kuchli tarkib bilan ishtirok etadi. So'nggi ikki qita chempionatida bokschilarimiz umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallashmoqda va bu safar ham muxlislar ulardan shu natijani kutib qolishadi. O'nta vazn toifasida ringga ko'tariladigan bokschilarimizning imkoniyatlari qanday va ularning asosiy raqiblari kimlar bo'ladi?

-49 kg vazn toifasi:

So'nggi uchta Osiyo chempionatida aynan shu vazn toifasida hamyurtlarimiz chempionlikni qo'lga kiritgan. 2019 yilda bo'lib o'tgan Osiyo birinchiligida Nodirjon Mirzahmedov barcha raqiblarini mag'lub etib, chempionlikni qo'lga kiritgandi. Nodirjon Dubayda bu unvonni saqlab qolishga harakat qiladi. Uning hozirgi jismoniy holati haqida gapiradigan bo'lsak, u bir oy avval bo'lib o'tgan "Gubernator kubogi"da ringga ko'tarilib, chempionlikni qo'lga kirgandi. Demak, uning jismoniy va ruhiy holati joyida va biz undan yana bir bor oltin medal kutishga haqlimiz. 

Uning asosiy raqibi bu musobaqada qirg'iztonlik Mirlan Turkbay bo'lishi kutilmoqda. Qirg'iziston vakili so'nggi Osiyo chempionatida bronza medalni qo'lga kiritgan. Aynan Mirlan ushbu vazn toifasida birinchi raqam ostida saralangan.

-52 kg vazn toifasi:

Bu vaznda so'zsiz favorit hamyurtimiz SHahobiddin Zoirov. Jahon va Olimpiya o'yinlari g'olibi o'tgan Osiyo chempionatida bo'lgani singari chempionlik uchun asosiy davogar. Bokschimiz Nodirjon kabi Rossiyada bo'lib o'tgan musobaqada g'oliblikni qo'lga kiritib kelgandi. 

Uning asosiy raqibi esa Hindiston vakili Amit bo'ladi. Bokschilar oxirgi yillarda hal qiluvchi bahslarda o'zaro ringga ko'tarilishmoqda va quvonchlisi bokschimiz g'alaba qozonmoqda. SHuningdek chempionlik yo'lida unga qozog'istonlik bokschi Saken Bibosinov ham kuchli raqib bo'ladi. Aynan shu uch nafar bokschilar so'nggi jahon chempionatida kuchli uchlikka kirishgandi. Va albatta qirg'izistonlik Azat Usenalievni ham unutmasligimiz lozim.

-56 kg vazn toifasi:

Osiyo chempionatida oltin medal umid qilishga arziydigan navbatdagi vazn. Osiyo va Jahon chempioni Mirazizbek Mirzahalilov bu safar ham qanday kuchga ega ekanligini barchaga isbotlashga harakat qiladi. Tokio Olimpiya o'yinlaridan avval bo'lib o'tadigan so'nggi yirik musobaqada bokschimizdan oltin kutishga haqlimiz. Uning asosiy raqibi Xarxuugiyn Enx-Amar. SHuningdek, Mirazizni birinchi davrada oson bo'lmagan jang kutib turibdi: raqiblar Qozog'iston yoki Hindiston vakili bo'ladi. 

-60 kg vazn toifasi:

Bu vazn toifasida murabbiylar shtabi yoshlar o'rtasidagi Olimpiya o'yinlari chempioni Abdumalik Xalakovni olib ketishga qaror qildi. Halakov ikki yildan beri kattalar o'rtasidagi O'zbekiston chempionatida g'oliblikni qo'lga kiritgan. U asta-sekinlik bilan kattalar terma jamoamiz safiga jalb qilinmoqda. Uning bu musobaqadagi asosiy raqibi Mo'g'uliston vakili Erdenebat Cendbaatar bo'ladi. Amaldagi Osiyo chempioni, jahon chempionati sovrindori bu turnirda ham oltin medal uchun harakat qilishi aniq. O'z navbatida Abdumalikdan ham kamida finalgacha etib borishni kutamiz.

-64 kg vazn toifasi:

Bu vazn toifasida ikki yildan beri Elnur Abduraimov terma jamoamiz safida harakat qilib kelmoqda. Tokio-2020 licenzianti chempionlik uchun asosiy davogarlardan biri. U o'tgan yili Ammanda bo'lib o'tgan musobaqada barcha raqiblarini mag'lub etib, chempionlikni qo'lga kiritgandi. Uning bu Osiyo chempionatida asosiy raqibi Tojikiston vakili, amaldagi qita chempioni Bahodir Usmonov bo'ladi. SHunindek, mo'g'ulistonlik Baatarsuxiyn CHinzorigni ham esdan chiqarmaslik kerak. Eng asosiysi bu vazn toifasida 2019 yilda hech qanday medal bo'lmagani tasodif ekanligini isbotlash lozim.

-69 kg vazn toifasi:

Osiyo boks konfederaciyasi qurada bu vazn toifasida birinchi raqamli bokschi sifatida hamyurtimiz BoboUsmon Baturovni saralagan. Amaldagi Osiyo chempionimiz bu tarifga loyiq ekanligini yana bir bor isbotlab berishi lozim. Ko'pchilik uchun Baturovning jang uslubi yoqmasligi mumkin, biroq bokschimiz kerakligi natijani ko'rsatmoqda va terma jamoamiz uchun medallar taqdim etishda davom etmoqda. Unga Dubayda bo'lib o'tadigan musobaqada asosiy raqib - qozog'istonlik Ablayhan Jusupov bo'ladi.

-75 kg vazn toifasi:

Terma jamoamiz safida bu vaznda amaldagi O'zbekiston chempioni Saidjamshid Jafarov ringga ko'tariladi. Bu uning uchun dastlabki yirik musobaqa bo'ladi. U O'zbekistonda Qahramonovni ham, Aslanovni ham mag'lub etishni uddalagan. Osiyo chempionatida esa qanday natija qayd etadi, buni musobaqa davomida kuzatamiz. Unga bu musobaqada Eumir Marsial, Seyedshaxin Musavi va Ashish Kumar asosiy raqib bo'ladi. Filippin, Eron va Hindiston vakillari ushbu musobaqaga Tokio Olimpiadasi licenzianti sifatida tashrif buyurishgan. SHunga qaramay, Saidjamshiddan ushbu musobaqada medal kutib qolamiz.

-81 kg vazn toifasi:

Osiyo chempionatida bu vaznda terma jamoamiz sharafini Dilshodbek Ro'zmetov himoya qiladi. 2019 yilgi jahon chempionatining kumush medal sohibi tanqidchilarga javob berishi uchun qulay imkoniyat bo'lishi aniq. Uning asosiy raqibi so'nggi musobaqalarda kuzatilayotganidek, jahon chempioni, qozog'istonlik Bekzad Nurdauletov bo'ladi. 

-91 kg vazn toifasi:

Bu vaznda terma jamoamiz sharafini Sanjar Tursunov munosib himoya qilishga harakat qiladi. O'tgan Osiyo birinchiligida kumush medalga sazovor bo'lgan bokschimiz bu yil o'sha kumushni oltinga aylantirishga urinib ko'radi. Unga bu yo'lda asosiy raqib qozog'istonlik Vasiliy Levit bo'ladi. SHuningdek, Hindiston vakili Sanjit ham medal uchun davogarlardan biri bo'ladi.

+91 kg vazn toifasi:

Bu vaznda so'zsiz asosiy davogar Bahodir Jalolov. Jahon va Osiyo chempioni bu safar ham unga hech kim raqib bo'la olmasligini isbotlashi lozim. Uning asosiy raqibi esa doimiy raqobatchisi Kamshibek Kunkabaev bo'ladi.

Nima bo'lgan taqdirda ham bo'lajak Osiyo chempionatida bokschilarimizga maksimal natija ko'rsatishlarini tilab qolamiz. 

Sizningcha bu Osiyo chempionatida terma jamoamiz azolari nechta oltin medalni qo'lga kiritadi?

Nig'monxo'ja Nozimov tayyorladi

Reyting: +3   

Fikrlar

   
25 may 10:03:00
futbol-ilohi
Санжарда иштаха яхши факат улжани курганда ишончни кушиши керак бу проф бокс емас у буни билади лекин бажармайди, омад йигитлар хохласаринг сизларга хеч бирини кучи йетмайди аслида!!!
   
25 may 09:57:20
futbol-ilohi
Санжарда иштаха яхши факат улжани курганда ишончни кушиши керак бу проф бокс емас у буни билади лекин бажармайди, омад йигитлар хохласаринг сизларга хеч бирини кучи йетмайди аслида!!!
   
25 may 06:31:20
Adhamjon 40 C123 MA
Assalomu alekum xamyurtlar. Tőğri xammani őz fikri bor, yigitlarimiz bugundan xudo xolasa musoboqani boshlashadi. Kelinglar ularga ruhan dalda bőlib, qőllab quvvatlab turelik. Oldindan qanday natija bőlishini hudo biladi. Xech bőlmasa YUZLARING YORUĞ BŐLSIN, OMADLARINGNI BERSIN. Deb qőyelik, zotan kim birovga nimani tilasa, avval őziga nasib qiladi. Jigarlar omadlaringni bersin.
   
24 may 20:47:57
Farhod_ bek1990
Sanjar Tursunov tarkibga umuman tortmaydi. Shuncha yil murabbiylar uni tanish bilish qilib tarkibga tiqib kelyabdi. U raqiblar uchun jonli meshook
   
24 may 19:46:00
Shoxrux Xan
Chempionatni qayerdan tomosha qilsa buladi
   
24 may 19:41:09
Nuriddin 77
Afsuskiy Sanjarni Hindistonlik bir qõlda yengadi undan yana nima kutish mumkin aslida Saidrahimov borish keragidi Qahramonovdan qutulgandik Bobousmon va davri õtgan Elnur Abduraimov chiqib turibdi 81da Rõzmetov bõyicha fikrimda qolaman haliyam kechmas govdasi 75ga tortadi va undan dunyoda 1chi yoki 2chi raqamli bokschini kashf qila olishimizga 100% ishonchim komil kōramiz pulni sevadigan Tōlqin Qilichevni chala shogirdlarini yana 4-5 yulduzimiz kōtini yoparmikin yoki aksi hech yō bronza olib qaytarmikin.
   
24 may 19:26:13
CHELSEA2211
Sanjar Tursunov fudbol böyicha terma jamoamiz azosi Luppiga öxshaydi... Imkoniyat ketidan imkoniyat berilaveradi...
   
24 may 17:42:37
Bekh0098
Tursunov, Ro'zmetov, Baturov dan umid yo'q. Murabbiylar nahot ulardan boshqa bokschilarni ko'rmayotgan bo'lsa
   
24 may 16:25:26
Elmurod
5 ta yo 6 ta oltin Inshallah
   
24 may 15:54:37
Shohjahon Ibw
Sanjar medalgacha yetb borsa shuni ozi galaba . Olga Ozbekiston
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing