So’nggi yangiliklar

15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0

24 dek 07:01
Yangiliklar

Karate

Osiyo karate federaciyasi (AKF) rahbari bilan istiqbolli rejalar muhokama qilindi

Teglar :  KarateOsiyoMOQ
SHu kunlarda Osiyo karate federaciyasi (AKF) prezidenti, general-mayor Nasser Abdulrazak Al Razuki boshchiligidagi delegaciya rasmiy tashrif bilan yurtimizda mehmon bo'lib turibdi.

Kecha kunning ikkinchi yarmida faxriy mehmon boshchiligidagi delegaciya azolari Turizm va sport vazirligiga tashrif buyurishdi. Ularni O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari, Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov kutib oldi.

SHuningdek, ikki tomonlama muzokaralarda O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi raisi Rustam SHoabdurahmonov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Osiyo karate federaciyasi vice-prezidenti, O'zbekiston karate federaciyasi raisi Alamjon Mullaev va boshqalar ishtirok etishdi.

Uchrashuvda A.Abduhakimov so'nggi yillarda yurtimizda karate sport turini tobora ommalashtirishga berilayotgan etibor va g'amxo'rlik borasida to'xtalib, bunga javoban o'zbekistonlik sportchilar xalqaro maydonlarda o'z so'zlarini aytishayotganligini takidladi. 

Jumladan, yaqinda BAAning Dubay shahrida o'tkazilgan kattalar o'rtasidagi jahon chempionatida hamyurtimiz Doston Otabolaevning g'alaba qozongani va bu mustaqil O'zbekiston tarixidagi ilk oltin medal sifatida tarixga kirgani mamlakatimizda karate sporti rivojida sezilarli yutuqlarga erishilganidan darak berishini etirof etdi.

O'z navbatida janob Nasser Abdulrazak Al Razuki yurtimizda sport sohasiga, xususan karate sportini rivojlantirishga hukumat darajasida etibor qaratilayotganidan mamnunligini bildirib, O'zbekiston tajribasini qitamizning boshqa mamlakatlarida ommalashtirishni taklif qildi. SHu bilan birga, mehmondo'stlik va samimiy qabul uchun O'zbekiston tomoniga minnatdorlik bildirdi.

SHuningdek, faxriy mehmon tashrif doirasida O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida ham bo'ladi. Unda oliygoh bilan BAA hamda O'zbekiston karate federaciyalari o'rtasida uch tomonlama memorandum imzolanadi.

Unga muvofiq, Osiyo karate federaciyasi O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining karate bo'limida tatami va sport jihozlarini taqdim etishi ko'zda tutilgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing