So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

24 fev 17:24
Yangiliklar

Boshqalar

Osiyo Olimpiya Kengashi prezidentini Toshkentda G'ofur Rahimov va Umid Ahmadjonov kutib oldi

Bugun, 24 fevral kuni Osiyo Olimpiya Kengashi (OCA) prezidenti SHayx Ahmad Al-Fahad Al-Sabax Toshkent shahriga tashrif buyurdi.

Martabali mehmon Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida AIBA prezidenti G'ofur Rahimov, MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov boshchiligidagi Milliy olimpiya qo'mitasi mutasaddilari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari tomonidan kutib olindi. Al-Sabax bilan birga delegaciya tarkibida Xalqaro kurash associaciyasi prezidenti, Osiyo o'yinlari-2018 direktori Haydar Farmon, OCA kotibi Lyusen Alvarez ham yurtimizga keldi, deya xabar qilmoqda MOQ matbuot xizmati.

Xabaringiz bor, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev tomonidan Oliy Majlisga qilingan murojaatnomada yurtimizda sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish masalalariga alohida etibor qaratilgandi. Davlatimiz rahbari o'shanda O'zbekiston Osiyo o'yinlarini o'tkaza olishga qodir mamlakat ekanligini ham alohida qayd etib o'tgandilar.

SHu munosabat bilan Milliy olimpiya qo'mitasi rahbariyati bu boradagi loyihani hayotga tatbiq etishni boshlab yuborgan. Bu bo'yicha 2030 yilgi Osiyo o'yinlarini Toshkent va Samarqandda o'tkazish bo'yicha ariza Osiyo Olimpiya Kengashiga taqdim etilgan. 2030 yilgi Osiyo o'yinlarini qabul qilish uchun O'zbekistondan tashqari Qatar, Hindiston va Filippin kabi mamlakatlar davogarlik qilmoqda.


O'zbekistonning Osiyo o'yinlariga mezbonlik qilish imkoniyatlarini keng muhokama qilish maqsadida Al-Sabax boshchiligidagi delegaciya ikki kun davomida yurtimizda bo'ladi. Yaxshi bilasiz, Osiyo o'yinlarini o'tkazish va qabul qilish - yirik loyiha hisoblanadi. Tashkilotchilik masalalarida o'ziga yarasha yangiliklar va boshqa jihatlar mavjud. Musobaqa uchun sport inshootlarini qurish, Olimpiya shaharchasi, logistika, qulay transport marshuruti, yuqori saviyadagi tadbirlarni tashkil qila olish, translyaciya va boshqa masalalar shular jumlasidandir. Uchrashuv davomida aynan shu kabi masalalarga alohida to'xtalib o'tiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing