So’nggi yangiliklar

11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0

24 sen 18:30
Yangiliklar

Qiziqarli!, Osiyo o'yinlari

Osiyo o'yinlarining ilk kunida 1 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo'lga kiritdik

Teglar :  Osiyo o'yinlari
24 sentyabr kuni Xanchjouda Osiyo o'yinlari boshlandi.

Musobaqaning ilk kunida O'zbekiston sport delegaciyasi 7 ta medal qo'lga kiritdi: 

Oltin

Diyora Keldiyorova (dzyudo)


Kumush:

Luizaxon Islomova, Malika Tagmatova (akademik eshkak eshish)

SHahboz Xolmurzaev, Mehrojbek Mamatqulov (akademik eshkak eshish)

SHehroz Hakimov, Dilshodjon Xudoyberganov (akademik eshkak eshish)


Bronza: 

SHahzod Nurmatov, Sobirjon Safaraliev (akademik eshkak eshish)

Halimajon Qurbonova (dzyudo)

Dilnaz Murzataeva (qilichbozlik)



- - - - - - -


Ushbu sahifa orqali o'zbekistonlik sportchilarning chiqishidan onlayn natijalarni kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.


18:30. SHu tariqa o'zbekistonlik sportchilarning Osiyo o'yinlaridagi bugungi ishtirokiga bag'ishlangan onlaynni yakunlaymiz. Etiboringiz uchun rahmat!


18:28. Sport gimnastikasi bo'yicha jamoaviy bahslarda vakillarimiz 11 ta terma jamoa ichida 5-o'rinni egallashdi.


17:19. Sport gimnastikasida erkaklar o'rtasidagi jamoaviy bellashuvlar davom etmoqda.


17:11. Nigina O'ktamova ham Osiyo o'yinlarini g'alaba bilan boshladi. U musobaqadagi ilk jangida filippinlik Irish Magnoni 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi


16:42. Qilichbozlik. 17 yoshli hamyurtimiz Dilnaz Murzataeva murosasiz kechgan yarim final bahsida koreyalik raqibasiga imkoniyatni boy berib qo'ydi. SHunday bo'lsa-da, yosh sportchimiz Osiyo o'yinlarining bronza medalini qo'lga kiritdi!  


16:34. SHaxmat. Ayollar o'rtasida individual yo'nalishda ikkinchi tur yakunlandi. Unda Nilufar Yakubboeva xitoylik raqibiga mag'lub bo'ldi. Umida Omonova esa indoneziyalik raqibidan ustun keldi. Uchinchi tur ertaga 12:00 da start oladi. 


16:24. SHaxmat. Ikkinchi turda Nodirbek Abdusattorov qozog'istonlik Rinat Jumabaevni mag'lub etdi, Javohir Sindarov esa SHri Lanka vakili bilan durangga imzo chekdi. Uchinchi tur doirasidagi bahslar ertaga 12:00 da boshlanadi.


16:05. Qilichbozlik bo'yicha ayollar o'rtasida indiviual yo'nalishda yarim final bahslari boshlandi. Unda Dilnaz Murzataeva ishtirok etadi. 


15:29. Kibersport. Futbol. Mag'lub bo'lgan sportchilar yo'lida Qahramon Solixboev ikkinchi raund doirasida qozog'istonlik Oljas Esentaevga 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi.


15:27. Tennis. Juftlik yo'nalishida ikkinchi raqamli terma jamoamiz (Maksim SHin va Amir Milushev) ilk bosqichda Indoneziyaning ikkinchi raqamli termasi bilan bahs olib bordi va ikki set yakuniga ko'ra 0:2 (2:6, 5:7) hisobida imkoniyatni boy berdi.


15:22. Dzyudochimiz Sardor Nurillaev (-66kg) BAA vakili Narmandanh Bayanmundhga qarshi bronza medali uchun kechgan bahsda Golden Score'da 10:0 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi, afsus!


14:45. Qilichbozimiz Dilnaz Murzataeva chorak finalda yaponiyalik raqibasini 15:14 hisobida mag'lubiyatga uchratdi va yarim finalga yo'l oldi! Kamida bronza naqd!


14:33. OLTINNNNN!!! Diyora Keldiyorova (-52 kg) finalda BAA vakilasi Bishrelt Xolrudini Golden Score'da mag'lubiyatga uchratdi va oltin medalni qo'lga kiritdi! Bu O'zbekiston sport delegaciyasi uchun mazkur Osiyo o'yinlaridagi ilk oltin bo'ldi!


14:25. Diyora Keldiyorova ishtirokidagi final boshlanish arafasida! Finalni "Sport" telekanali orqali tomosha qilishingiz mumkin.


14:19. Tennis. Juftlik bahslarida Sergey Fomin va Humoyun Sultonov quvaytlik raqiblarni 6:3, 6:1 hisoblarida mag'lubiyatga uchratishdi.


14:10. Qilichbozlik. Dilnaz Murzataeva singapurlik raqibasini 15:12 hisobida mag'lub etdi va chorak finalga yo'l oldi. Endi u navbatdagi uchrashuvni yaponiyalik qilichbozga qarshi o'tkazadi. 


13:49. Qilichbozimiz SHahzoda Egamberdieva afsuski hindistonlik raqibasiga 10:15 hisobida yutqazib qo'ydi.


13:43. -80 kg vaznli bokschimiz To'rabek Xabibullaev g'alaba bilan boshladi. U nepallik raqibini katta ustunlik bilan mag'lub etdi!


13:20. SHaxmatchilarimizdan g'alabalar! Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, Nilufar Yakubboeva va Umida Omonova yakkalik bahslarining 1-turida g'alabaga erishishdi!


13:15. Birozdan so'ng bokschimiz To'rabek Xabibullaev nepallik raqibiga qarshi jangni boshlaydi.


13:03. Dzyudo. -48 kg vaznli Halimajon Qurbonova bronza medalini qo'lga kiritdi! Janubiya Koreya vakilasi jarohat sabab tatamiga chiqmadi! BRONZA! 


13:00. Dzyudoda medallar uchun bahslar boshlandi. Avvalroq xabar qilganimizdek, uch nafar hamyurtimiz medal uchun kurashadi: 

-48 kg: Halimajon Qurbonova - Xe Kyong Li (Janubiy Koreya) (bronza uchun)

-52 kg: Diyora Keldiyorova - Bishrelt Xolrudi (BAA) (final)

-66 kg: Sardor Nurillaev - Narmandanx Bayanrunx (BAA) (bronza uchun)


12:29. Qilichbozimiz Dilnaz Muratbaeva asosiy davradagi ilk jangini tailandlik raqibaga qarshi o'tkazdi va 15:6 hisobida g'alabaga erishdi.


12:15. SHaxmatchilarimiz ham Osiyo o'yinlaridagi ishtirokni boshlashdi. Medal kutilayotgan yo'nalishlardan biri!


12:13. Kibersport. Futbol. Mag'lub bo'lgan sportchilar yo'lida Qahramon Solixboev Saudiya Arabistoni vakilini mag'lub etdi. O'lmasbek Fayziev esa Tojikiston sportchisiga yutqazdi. 


11:56. Tennis. Humoyun Sultonov pokistonlik Aqil Xanni 6:0, 6:1 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi. Sultonov uchinchi bosqichda!


11:45. Qilichboz qizlarimiz SHahzoda Egamberdieva va Dilnaz Murzataeva shpaga yo'nalishida saralash bahslarida muvaffaqiyatli qatnashib, asosiy davraga yo'l olishdi.


11:22. Tennis. Sabrina Olimjonova vetnamlik Nxi Xunxni 6:0, 6:0 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi va ikkinchi bosqichga yo'l oldi.


11:11. Dzyudoda medallar uchun bellashuvlar soat 13:00da start oladi. Unda uch nafar vakilimiz medallar uchun kurashadi:

-48 kg: Halimajon Qurbonova - Xe Kyong Li (Janubiy Koreya)

-52 kg: Diyora Keldiyorova - Bishrelt Xolrudi (BAA)

-66 kg: Sardor Nurillaev - Narmandanx Bayanrunx (BAA)


11:06. Sardor Nurillaev esa mo'g'ulistonlik raqibiga imkoniyatni boy berdi. Endi u bronza uchun kurashadi.


11:00. Diyora Keldiyorova yarim finalda mo'g'ulistonlik raqibasini mag'lubiyatga uchratdi va finalga yo'l oldi!


10:36. Dzyudochilarimiz Diyora Keldiyorova va Sardor Nurillaevlarning yarim final bahslariga oz qolmoqda. Ularning har ikkisiga ham Mo'g'uliston terma jamoalari raqib bo'lishadi.


10:22. Tennis. Sergey Fomin quvaytlik raqibini 6:0, 6:4 hisoblarida mag'lub etdi. Yaxshi start!


10:18. Dzyudo. -48 kg vazn toifasida Halimajon Qurbonova gonkonglik raqibasini mag'lub etdi va bronza medali uchun kurashish imkoniyatiga ega bo'ldi.


10:15. CHim ustida xokkey bahslarida erkaklar terma jamoamiz Hindistonga 0:16 hisobida yutqazishdi. Afsus...


10:12. Dzyudo. Sardor Nurillaev chorak finalda qozog'istonlik raqibga qarshi gilamga chiqdi va Golden Score'da g'alabaga erishdi. Yarim final!


10:05. Kibersport. EA Sports FC Online, oddiyroq aytadigan bo'lsak, futbol bahslarida Qahramon Solihboev Vetnam, O'lmasbek Fayziev esa Qatar vakillariga yutqazib qo'yishdi.


10:00. Qilichbozlik. SHpagachi qizlarimiz saralash bahslariga kirishdi. SHahzoda Egamberdieva va Dilnaz Murzataevaga muxlislik qilamiz.


9:47. Dzyudo. Diyora Keldiyorovadan tezkor g'alaba! U tojikistonlik raqibasini ippon evaziga mag'lub etdi!


9:32. Dzyudo. -48 kg vaznli Halimajon Qurbonova afsuski chorak finalda xitoylik raqibasiga yutqazib qo'ydi. Lekin unda bronza uchun kurashish imkoniyati saqlanib qolgan.


9:28. Zamonaviy beshkurash. Alise Faxrutdinova 19 nafar sportchi ichida musobaqani 7, Samira Abzalova esa 15-o'rinda yakunladi. Alise Faxrutdinova medal qo'lga kirita olmagan bo'lsada, Parij Olimpiadasi uchun licenziyaga ega chiqdi.  


9:20. Qilichbozlik. Rapira yo'nalishidagi Muhammad Yusuf Asranov afsuski xitoylik raqibiga 12:15 hisobida yutqazdi va musobaqadagi ishtirokini 1/8 finalda yakunladi. 


9:04. Dzyudo. -73 kg vaznli Sardor Nurillaev g'alaba bilan boshladi. U ilk bosqichda turkmanistonlik raqibini mag'lub etdi. 


8:57. Qilichbozlik. Rapirachi yigitlarimizdan Doniyor Sadullaev saralashda o'z ishtirokini yakunladi. Muhammad Yusuf Asranov esa saralashdan muvaffaqiyatli o'tdi. U ilk bosqichda filippinlik raqibini 15:12 hisobida mag'lub etdi. Navbatdagi raqib - mezbon qilichboz bo'ladi.


8:42. Stol tennisida qizlarimiz Vetnamga 0:3 hisobida yutqazishdi. Terma jamoamiz sharafini Marhabo Magdieva, Rozalina Xodjaeva va Asel Erkebaeva himoya qilgandi.


8:36. Akademik eshkak eshish. Erkaklar. Sakkiz o'rindiqli qayiqdagi bahslarda afsuski to'rtinchi bo'ldik. Bronzaga juda oz qolgandi. Vakillarimiz Indoneziyaga soniyaning ulushlarida imkoniyatni boy berishdi.


8:15. Akademik eshkash eshish. Erkaklar. Juftlik. A finali. SHehroz Hakimov, Dilshodjon Xudoyberganov marraga ikkinchi bo'lib etib keldi. O'zbekiston uchun yana bir KUMUSH! Exxx... Oltinga juda yaqin kelgandik...


8:04. Dzyudo. Halimajon Qurbonova turkmanistonlik raqibasini mag'lubiyatga uchratdi. Dilshodbek Baratov esa afsuski KXDR vakiliga imkoniyatni boy berdi.


7:49. Suzish. Egor Petryakov 200 metrga suzish bahslarida saralash bosqichida to'rtinchi natijani qayd etdi. Afsuski ushbu natija orqali u finalga yo'llanma ola bilmadi.


7:42. Stol tennischi qizlarimiz 1/8 finalda Vetnamga qarshi bahsni boshlashdi. Afsuski ilk to'qnashuvda Marhabo Magdieva 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi...


7:34. Akademik eshkak eshish. Erkaklar o'rtasidagi juftlik bahslarida SHahboz Xolmurzaev/Mehrojbek Mamatqulov tandemi marraga ikkinchi bo'lib etib keldi. KUMUSH! Vakillarimiz marraga 500 metr qolganida ham to'rtinchi bo'lib kelishayotgandi. Yakunda yigitlarimiz ajaoyib kambek amalga oshirishdi! 


7:10. Ushu. CHangkuan yo'nalishida Aziz Qahramonov 14 nafar sportchi ichida 8-natijani qayd etdi va medaldan quruq qoldi.


7:00. O'q otish. 10 metrga miltiqdan otish bahslarida hamyurtimiz Muxtasar Tohirova 62 nafar sportchi ichida 14-natijani qayd etdi. Afsuski bu natija finalga chiqish uchun etmadi.


6.47. Akademik eshkak eshishda engil vaznli qayiqlarda yurtdoshlarimiz SHahzod Nurmatov va Sobirjon Safaraliev marraga uchinchi bo'lib etib keldi va bronza medalini qo'lga kiritdi! BRONZA! Oltin va kumush medallari Xitoy va Hindistonda.


6:06. Bizda Osiyo o'yinlarining ilk medali! Akademik eshkak eshish. Engil vaznli ayollar juftligi yo'nalishida Luizaxon Islomova va Malika Tagmatova marraga ikkinchi bo'lib etib keldi va KUMUSH medalni qo'lga kiritdi!



- - - - - - - - - - 


Bugun quyidagi sport turlarida vakillarimizning ishtiroki guvohiga aylanamiz:   

6:00. - Akademik eshkak eshish. Engil vaznli ayollar juftligi, A finali. Luizaxon Islomova, Malika Tagmatova

6:00. - Ushu. Erkaklar, CHangquan yo'nalishida. Aziz Qahramonov 

6:00. - Qilichbozlik. Erkaklar, induvidual yo'nalish, 1-savatcha. Muhammad Yusuf Asronov - Ratchanavi Deyjing (Tailand)

6:00. - Qilichbozlik. Erkaklar, induvidual yo'nalish, 2-savatcha. Doniyor Sadullaev - Haled Husseyn (Qatar)

6:40. - Akademik eshkash eshish. Engil vaznli erkaklar juftligi, A finali. SHahzod Nurmatov, Sobirjon Safaraliev 

7:00. - Stol tennisi. Ayollar, nimchorak final. O'zbekiston - Vetnam

7:00 dan so'ng. - Dzyudo. Ayollar, yakkalik. Halima Qurbonova, Diyora Keldiyorova

7:00 dan so'ng. - Dzyudo. Erkaklar, yakkalik. Dilshodbek Baratov, Sardor Nurilloev

7:30. - Akademik eshkash eshish. Erkaklar, juftlik, A finali. SHahboz Xolmurzaev, Mehrojbek Mamatqulov

7:30. - Suzish. Erkaklar, 200 metr. Egor Petryakov

7:30. - Kibersport (EAFC Online). 1/16 final. Qahramon Solixboev - Raqib nomi malum emas

7:30. - Kibersport (EAFC Online). 1/16 final. O'lmasbek Fayziev - Al Eyd Jassim (Qatar)

7:50. - Zamonaviy beshkurash (Qilichbozlik). Ayollar, bonus raundi. Samira Abzalova, Alise Fahrutdinova

8:10. - Akademik eshkash eshish. Erkaklar, juftlik, A finali. SHehroz Hakimov, Dilshodjon Xudoyberganov

8:15. - Xokkey. A guruhi, 1-tur. O'zbekiston - Hindiston

8:30. - Akademik eshkak eshish. Erkaklar, jamoaviy yo'nalish, A finali. Anatoliy Krasnov, O'ktamjon Davronov, SHuhrat SHodiev, Fazliddin Karimov, Zafar Usmonov, Alisher Turdiev, Davrjon Davronov, Evgeniy Agafonov, Farruh Oblaqulov

9:00. - Tennis. Erkaklar, yakkalik, 1-raund. Sergey Fomin - Bader Alqaxtani (Quvayt)

9:00 dan so'ng. - Tennis. Erkaklar, yakkalik, 2-raund. Humoyun Sultonov - Aqeel Xan (Pokiston)

9:00 dan so'ng. - Tennis. Erkaklar, juftlik, 1-raund. O'zbekiston - Indoneziya

9:00 dan so'ng. - Tennis. Ayollar, yakkalik, 1-raund. Sabrina Olimjonova - Sofiya Xuyn (Vetnam)

9:30. - Qilichbozlik. Ayollar, induvidual yo'nalish. SHahzoda Egamberdieva - Zaynab Alhosani (BAA)

9:30. - Qilichbozlik. Ayollar, induvidual yo'nalish. Dilnaz Murzataeva - Miho Yoshimura (Yaponiya)

11:00. - Kibersport (Arena of valor o'yini bo'yicha). O'zbekiston - Tojikiston 

12:00. - SHaxmat. Erkaklar va ayollar

13:30. - Boks. Erkaklar, -80 kg, 1/16 final. To'rabek Habibullaev - Dipak SHrestha (Nepal) 

16:00. - Sport gimnastikasi. Erkaklar, saralash va jamoaviy final. Asadbek Azamov, Rustambek Nematov, Humoyun Islomov, Ravshan Komiljonov

16:45. - Boks. Ayollar, -54 kg, 1/8 final. Nigina O'ktamova - Irish Magno (Filippin).

Reyting:    

Fikrlar

+1   
24 sen 10:15:16
.Sherzod.
Sport tv dagi zohid masqarabozni ishdan bo‘shatish kerak, dzyudo yoki boshqa chiroyli bellashuvlar turubdi bular reklama bilan band, xayf sandaqalaga
   
24 sen 12:33:08
Bulent Ersoy
Xatto Tojikistonxam bizdan yaxshi ekande kiber sportda,,
   
24 sen 10:14:29
Bulent Ersoy
Kiber sportchilar bizga raqib yo'q degandi nima buldi buyog'iga omad
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing