So’nggi yangiliklar

08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0

07 sen 20:27
Yangiliklar

Qilichbozlik

Osiyo qilichbozlik konfederaciyasi prezidenti MOQga tashrif buyurdi

Ayni kunlarda poytaxtimiz qilichbozlik bo'yicha “Satellit” xalqaro musobaqasiga mezbonlik qilmoqda.

Tokio Olimpiadasiga licenzion ochkolar taqdim qiladigan mazkur musobaqa ko'plab mutaxassislar nigohida bo'lishi shubhasiz. Musobaqani kuzatish uchun tashrif buyurgan Osiyo qilichbozlik konfederaciyasi rahbari Dayrit Selso Milliy olimpiya qo'mitasiga tashrif buyurdi. Martabali mehmonga Pan-Amerika qilichbozlik konfederaciyasi rahbari Vitaliy Logvin hamrohlik qildi. Mehmonlarni MOQ prezidenti Rustam SHoabdurahmonov kutib oldi. 

Yurtimizga qilgan tashrifingiz uchun yana bir bor tashakkur aytaman. Toshkent tobora yirik sport markazlaridan biriga aylanib bormoqda. Avvalo, bunda yurtboshimiz boshchiligida sportni rivojlantirishga qaratilayotgan etiborning o'rni katta. O'zbekiston o'zining mashhur sportchilari bilan ham shuhrat qozongan. Oddiy misol, 3 yil muqaddam o'tkazilgan Rio Olimpiadasida terma jamoamiz umumjamoa hisobida 207 mamlakat orasida 21-pog'onani egallagan. Bizda har yili qilichbozlik bilan shug'ullanuvchilar soni 20-30 foizga ortib boryapti. Hamkorligimiz samarasi o'laroq O'zbekistonda nafaqat sport, balki, qilichbozlik ham jadal rivoj topmoqda”, – dedi Rustam SHoabdurahmonov.

O'z navbatida Dayrit Selso ham sportning yurtimizdagi rivojlanishi va tashrif taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

“Darhaqiqat, O'zbekiston MOQning bunday ko'rkam binosini ko'rib hayratdaman. Men Filippin Olimpiya qo'mitasida rahbarlik qilsam ham, bizning tashkilot bunday zamonaviy inshootda faoliyat olib bormaydi. O'zbekiston sport sohasida Markaziy Osiyo mintaqasida etakchiga aylanib ulgurdi. Bunga asosiy sabab deb mamlakatingizda qilichbozlik va boshqa sport turlarining kuchli maktabi borligini ko'rsatib o'ta olaman. Misol uchun, Sobir Ro'zievdek qilichbozni butun dunyo taniydi. Jahon sportida qilichbozlikdan chiqqan vakillar har erda etakchilar qatorida. Jumladan, zamonaviy Olimpiya o'yinlari asoschisi baron Per de Kuberten, hozirgi Xalqaro Olimpiya qo'mitasi rahbari Tomas Bax ham qilichboz bo'lishganini aytib o'tish mumkin. Ilgari Xitoy, Yaponiya, Koreya kabi davlat vakillari ko'p jabhada etakchilik qilishardi. Hozirda ularga keskin raqobat tug'dira oladigan jamoalar shakllangan. Bu esa Osiyoning o'zida 5 ta mintaqaviy konfederaciyalar ochilganining natijasi. Markaziy Osiyo konfederaciyasining tashkil qilinishini biz qo'llab-quvvatlaymiz. Bu qilichbozlikning Osiyo mintaqasi bo'ylab bir xil suratda o'sishini taminlaydi. Kelajakda O'zbekiston tomoni bilan shunday yaqin hamkorlik qilishdan mamnunmiz”, – deydi Dayrit Selso.

Suhbat davomida o'zaro hamkorlik borasidagi katta dasturlar muhokama qilindi. Uchrashuv yakuniga etgach mehmonga MOQning esdalik sovg'alari taqdim etildi.

SHuningdek, janob Dayrit Selso tashrifi davomida MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing