So’nggi yangiliklar

12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0

07 may 16:18
Yangiliklar

Regbi

Osiyo regbi ittifoqi Prezidenti Aga Husayn Milliy olimpiya qo'mitasida mehmon bo'ldi

Teglar :  Regbi
Bugun, 7 may kuni Osiyo regbi ittifoqi rahbari Aga Husayn O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasiga tashrif buyurdi.

Mehmonni Qo'mita Bosh kotibi Jasur Matchanov kutib oldi. Uchrashuvda regbi sport turining O'zbekistondagi taraqqiyoti, hamkorlikni yanada mustahkamlash, federaciya uchun baza, tashkiliy va boshqa masalalar hususida so'z bordi.

"Qabul uchun minnatdorchilik bildiraman. O'zbekiston regbi rivojlanayotgan mamlakatlar qatoriga kiradi. Ishonamanki, yaqin yillar ichida yurtingizda regbi sport turi yanada ommaviylashadi", - dedi Aga Husayn.


Bosh kotib Jasur Matchanov esa boshqa jamoaviy sport turlari qatorida regbini ham rivojlantirish uchun alohida dastur ishlab chiqilayotgani haqida malum qildi.

"O'zbekistonda regbi turli mintaqalarda rivojlanmoqda. Tan olamiz, bizda baza bilan bog'liq muammo bor. Ammo, yangi cikldan boshlab bu boradagi muammolar bartaraf etiladi. Mamlakatimizda jamoaviy sport turlarini rivojlantirish uchun alohida dasturlar ishlab chiqilmoqda, shu jumladan regbi uchun ham. Bu borada rejalarimiz katta. Biz O'zbekiston regbi federaciyasi bilan birgalikda sportning ushbu turini ommaviylashtiramiz. Regbi uchun futbol stadionlarini ajratishni rejalashtirib qo'yganmiz", - dedi Jasur Matchanov.

Undan tashqari Toshkentda Markaziy Osiyo regbi markazi ochilishi va bu g'oya Osiyo regbi ittifoqi tomonidan qo'llab-quvvatlanishi malum qilindi. Uchrashuv yakunida Jasur Matchanov ananaga ko'ra martabali mehmonga Milliy olimpiya qo'mitasi nomidan esdalik sovg'alarini taqdim etdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing