So’nggi yangiliklar

12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0

03 okt 10:47
Yangiliklar

Suv sporti turlari

Osiyo vice-chempionlari tantanali kutib olindi

Hindistonning Bangalor shahri mezbonlik qilayotgan suv sporti turlari bo'yicha turli yosh toifalaridagi Osiyo chempionati o'z poyoniga etib qoldi.

Hozirda sinxron suzuvchilarimiz qita birinchiligi medallari uchun kurashishda davom etayotgan bo'lsa, kecha kechqurun suv polosi bo'yicha O'zbekiston o'smirlar va qizlar terma jamoalari yurtimizga qaytib kelishdi.

Etiborli jihati, aynan qizlar termasi Osiyo chempionatida kumush medalga sazovor bo'ldi va natijada ular kelgusi yil Isroil davlatida bo'lib o'tadigan jahon chempionatida qatnashish huquqini qo'lga kiritdi.

Suv polosi bo'yicha qizlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida sariq qitaning 6ta terma jamoasi ishtirok etdi. O'yinlar davraviy tizimda o'tkazilib, barcha uchrashuvlarda g'alabaga erishgan Yaponiya terma jamoasi 10 ochko bilan qita chempioniga aylandi. Qozog'iston va O'zbekiston qizlar terma jamoalari esa bir xil – uchtadan o'yinda zafar quchishdi. Faqat, o'zaro o'yindagi anchayin ishonchli – 16:11 hisobidagi g'alaba yakunda qizlarimizga kumush medalni taqdim etdi.

Suratlar muallifi - Alimurod Mamadaminov

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing