So’nggi yangiliklar

12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0

18 iyu 12:02
Yangiliklar

Suv sporti turlari

O'smir qizlar o'rtasida suzish musobaqasi o'tkazildi

O'zbekiston Xotin-qizlar qo'mitasi tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik bo'yicha jamg'armasi hamkorligida Butunjahon “Aholishunoslik kuni” munosabati bilan 13-15 yoshli o'smir qizlar o'rtasida suzish bo'yicha musobaqa o'tkazildi.

Butunjahon “Aholishunoslik kuni” munosabati bilan Prezidentimiz ilgari surgan 5 ta muhim tashabbus doirasida o'tkazilgan musobaqada Toshkent shahrida yashovchi jami 110 nafar uyda o'tirgan o'smir qizlar ishtirok etdi.

Bundan ko'zlangan asosiy maqsad – qizlarning suv sporti bilan ommaviy ravishda shug'ullanishini tizimli tashkillashtirish, buning qizlar salomatligini mustahkamlash, ularda sog'lom turmush tarzi ko'nikmalarini shakllantirishda katta ahamiyatga ega ekanligini keng jamoatchilik o'rtasida targ'ib qilishdan iborat.

d5ff7df1480949739f8ca5e0d2500649.jpg

Ochilish marosimida iqtidorli o'g'il-qizlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo'shiqlar musobaqa ishtirokchilari va tomoshabinlarga xush kayfiyat ulashdi. Qizg'in bahslar davomida ishtirokchi qizlarimiz o'zlarining naqadar sportga oshno ekanliklari, chaqqon va shijoatliliklarini namoyon qilishdi.

13 va 15 yoshli musobaqa g'oliblari tashkilotchilarning faxriy yorliq hamda qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi. Bundan tashqari, o'zining faolligi, g'alabaga bo'lgan ishonchi va epchilligi uchun 10 nafar ishtirokchilar nominaciyalar bo'yicha munosib baholandi.

38d2dd662b7c62ae086d1c3f17a0221c.jpg

3ee11f6450783eefca20067867784a3d.jpg

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing