So’nggi yangiliklar

12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0

15 apr 19:05
Yangiliklar

Eshkak eshish

O'smirlar Olimpiya o'yinlariga yo'llanmalarimiz soni yana bittaga ko'paydi

Teglar :  Eshkak eshish
Kecha Ispaniyaning Barselona shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish buyicha bo'lib o'tayotgan o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatida hamyurtimiz Islom Abdusalomov sprint va slalom buyicha o'tkazilgan bellashuvlar yakuniga ko'ra jahonda ikkinchi o'rinni egallab, Argentinadagi III yozgi o'smirlar Olimpiya o'yinlariga yo'llanma olganligi haqida xabar qilgandik.

SHuningdek, qizlar o'rtasida sprint va slalom bahslarida ishtirok etayotgan Gulbahor Fayzieva ham sprintdan so'ng birinchi pog'onani egallab turganligi malum qilingandi.


Bugun mazkur bellashuvlarning slalom bahslari tashkil qilindi. Quvonarlisi, vakilamiz ushbu yo'nalishda ham eng yaxshi natija qayd eta oldi va o'z tengdoshlari orasida jahonda tengsiz deb topilib, delegaciyamiz hisobiga Olimpiya o'yinlarining yana bir licenziyasini qo'shib qo'ydi. Demak, Buenos-Ayresdagi o'smirlar Olimpiya o'yinlariga akademik eshkak eshish xamda baydarka va kanoeda eshkak eshish buyicha o'zbekistonlik sportchilar har ikkala yunalishda ikkitadan yo'llanmaga ega bo'lishdi. 


Malumot uchun, bugungi kunga qadar hamyurtlarimiz quyidagi sport turlarida III yozgi o'smirlar Olimpiya o'yinlari licenziyasiga ega bo'lib ulgurishdi:


Og'ir atletika - 3 ta

Akademik eshkak eshish - 2 ta

Ot sporti (konkur) - 1 ta

Taekvondo - 1 ta

Baydarka va kanoeda eshkak eshish  - 2 ta


Eslatib o'tamiz, III o'smirlar Olimpiya o'yinlari joriy yilning 6-18 oktyabr kunlari Argentina poytaxti Buenos–Ayresda bo'lib o'tadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing