So’nggi yangiliklar

13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0

05 okt 17:32
Yangiliklar

O'q otish

Otabek Imomov - O'zbekiston kamondan otish federaciyasining yangi raisi

Teglar :  Kamondan otish
Bugun, 5 oktyabr kuni poytaxtimizdagi “Milliy” stadionining anjumanlar zalida O'zbekiston kamondan otish federaciyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferenciyasi bo'lib o'tdi.

Unda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi mutasaddilari, kamondan otish federaciyasi xodimlari, viloyatning federaciya bo'limi vakillari, sportchi va murabbiylar, shuningdek, ommaviy axborot vositasi xodimlari ishtirok etishdi.
Yig'ilishni O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti maslahatchisi Komiljon Xudoyberganov olib bordi. Konferenciya davomida bungacha erishilgan yutuqlar, qo'lga kiritilgan muvaffaqiyatlar uchun federaciyaning avvalgi raisi Jamoliddin Boboxonovning xizmatlari alohida qayd etildi va   minnatdorchilik ramzi sifatida unga zarbop cho'pon kiydirildi.  

SHundan so'ng Otabek Sobitjonovich Imomov nomzodi O'zbekiston kamondan otish federaciyasi raisi lavozimiga taklif qilindi. Konferenciya ishtirokchilari bir ovozdan ushbu nomodni qo'llab-quvvatladilar. SHu tariqa O.Imomov O'zbekiston kamondan otish federaciyasining raisi lavozimiga saylandi.

Sir emaski, kamondan otish bo'yicha O'zbekiston jahonda etakchi mamlakatlar qatorida etirof etilmaydi. Ammo, yangi rahbariyat kelajakda sportning ushbu turini rivojlantirish, ommalashtirishni maqsad qilgan.

“Asosiy maqsadimiz davlatimiz rahbari tomonidan sport yo'nalishi bo'yicha qo'yilgan vazifalarni bajarishdir. Kelajakda yangidan-yangi marralarni zabt etamiz. Nasib qilsa  Tokio 2020 Olimpiya o'yinlariga nafakat licenziya qo'lga kiritamiz, balki medallar uchun ham harakat qilamiz”, - dedi federaciyaning yangi raisi Otabek Imomov.
Milliy olimpiya qo'mitasi yangi rahbariyatga bu yo'lda muvaffaqiyatlar tilaydi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing