So’nggi yangiliklar

07:24Бугун Жаҳон чемпионатининг илк куни 5 нафар дзюдочимизга мухлислик қиламиз 0 07:03"Байер" мавсум стартидан бери 51 та мағлубиятсиз ўйин ўтказди. Олдинда иккита учрашув қолди 0 00:07Роналду Усик – Фьюри жангига ташриф буюради. Унинг ёнида Жошуа ўтиради 0 23:50Жаҳонгир Жумаев таниқли UFC собиқ жангчисини илк раунддаёқ нокаутга учратди! 0 23:20Жангига Ўзбекистонда тайёрланган Сергей Ковалёв Фьюри-Усик кардида рингга чиқди 0 23:10Тайсон Фьюри Александр Усикга қарши! ОНЛАЙН 3 20:12Моҳигул Ҳамдамова делегациямизга навбатдаги кумуш медални қўшиб қўйди 0 19:51"Реал" "Ливерпуль"нинг 70 млн евролик футболчисини сотиб олиши мумкин 0 19:30Усик Фьюрига: "Қўрқма!" 0 19:09Парижда ўтган Bellator турнирининг марказий жанги ғолибини ҳакамлар аниқлаб беришди 0 18:48Камару Усман Хамзат Чимаев ҳақидаги танқидларга муносабат билдирди 0 18:27"Челси" 17 ёшли футболчи учун 65 млн. евро бермоқчи 0 18:06Исроил Мадримов ва Шаҳрам Ғиёсов машғулотларнинг илк босқичини якунлади, кейинги манзил АҚШ + ФОТО 0 17:45Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 58 турнирида жанг қилди 0 17:24Ҳавасбек Асадуллаев Қозоғистон таркибига ўтган терма жамоамиз собиқ боксчиси билан жанг қилди 0

14 avg 15:08
Yangiliklar

Boks/MMA, Triatlon

Otabek Umarov MMA va triatlon federaciyalari rahbarligidan ketmoqda

Teglar :  Otabek Umarov
Pandemiya sharoitida ko'plab ommaviy tadbirlar qatori ayrim sport turlari o'tkazilmasdan kelmoqda.

Kun.uz muxbiri 2019 yilning 7 martidan O'zbekiston Triatlon federaciyasi raisi, 8 noyabridan MMA associaciyasi prezidenti sifatida faoliyat ko'rsatib kelayotgan Otabek Umarov bilan suhbatlashdi.

— Otabek Muhammadalievich, koronavirus pandemiyasi davrida aksariyat sport musobaqalari «tatil»ga chiqdi. Siz rahbarlik qilayotgan Triatlon federaciyasi va MMA associaciyasi ham mustasno emas. Bizga biror yangilik ayta olasizmi?

— Men O'zbekistonda ko'p ham mashhur bo'lmagan sport turlari nafaqat munosib tarzda ommalasha boshlagani, yoshlar o'rtasida malum bir nufuzga ega bo'lgani bilan juda faxrlanaman. 

Hamfikr jamoa bilan juda ko'p ishlar qildik, hali qilinadigan ishlar ham talaygina. Ularga erishish uchun bu tashkilotlarda ishlangan rejalar ham, zarur resurslar ham mavjud.

Fursatdan foydalanib, bugun juda ko'p o'ylanib chiqargan qarorim haqida aytishga jazm qilmoqdaman. Bu qarorga kelishim oson bo'lgani yo'q — Triatlon federaciyasi va Aralash jang sanati associaciyasi rahbarligida o'tkazgan vaqtim mobaynida mamlakatimizning chinakam faxrlari hisoblanadigan iqtidorli va istiqbolli sportchilarga juda bog'lanib qolgan edim.

Hayot doimo oldimizga yangidan yangi chaqiriqlar qo'yadi: joriy yil esa chaqiriqlar tasavvur etib bo'lmas darajada ham bo'lishi mumkinligini ko'rsatmoqda. Mamlakatimiz, butun xalqimiz butun dunyoni boshi berk ko'chaga qamab qo'ygan tahdid bilan to'qnash keldi. 

O'z-o'zidan, ayni paytda ro'baro' bo'lib turgan qiyinchiliklarni engish uchun har birimizdan bor kuch-g'ayratimizni sarf etish talab etiladi. Paydo bo'lgan vaziyatda davlat xizmatini olib borish, jamoatchilik xavfsizligini taminlash bilan bog'liq vazifalar principial yangi xarakter kasb etishi va misli ko'rilmagan masuliyat darajasi talab qilishini yaxshi tushunib turibman. Bu menda sport tashkilotlarida egallab turgan lavozimini tark etishdan o'zga tanlov qoldirmayapti. 

— Yani, siz Triatlon federaciyasi va MMA associaciyasi rahbarligini tark etmoqchisiz? Sababi nimada?

— Sababi oddiy: Triatlon federaciyasi ham, MMA associaciyasi ham vaqt va etibor talab qiladi, yangi sharoitlarda esa men buni kafolatlay olmayman. 

— SHaxsan o'zingizning etiboringizsiz endi ommalashayotgan va tetapoya bo'layotgan bu sport turlariga qiziqish kamayib ketmaydimi?

— Yo'q, mening o'rnimga keladigan insonlar O'zbekistonda triatlon va MMA poziciyalarini mustahkamlash, sog'lom hayot tarzi va muvaffaqiyatga yo'nalgan sport targ'iboti tomon harakatni davom ettirishadi deb niyat qilib qolaman. 

Hurmatli delegatlar men uchun qadrli bo'lgan tashkilotlarni boshqarish uchun tayinlashga kimni loyiq deb topishmasin, ular mening qo'llab-quvvatlashimga ishonishlari mumkin, chunki men milliy sportning qizg'in muxlisi va elchisi bo'lib qolaveraman.

— Federaciya raisligi va associaciya prezidentligiga nomzodlar bormi? 

— Jamoa nomzodlar tanlagan, albatta. Kimlarning nomzodlari ko'rib chiqilayotganini delegatlarimiz ularni ovoz berish yo'li bilan tayinlab, rasman elon qilinguncha sir saqlaymiz.

Fursatdan foydalanib, men o'zim bilan elkama-elka turib mehnat qilgan, menga yordam bergan va ilhomlantirgan insonlarga, shuningdek, bo'shashmasdan ishlashimga taminlaganlarga esa tashakkur bildirmoqchiman. Sizlarning har birlaringiz menga ko'p narsalarni o'rgatdingiz, ko'p narsada aynan sizlar tufayli bu davrni hayotimning oson bo'lmagan, biroq juda qiziqarli bosqichi sifatida eslayman. Sizlarga rahmat!

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing