So’nggi yangiliklar

13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0

19 jan 10:32
Yangiliklar

Tadbirlar

“Otam, onam va men - sog'lom sportchimiz”: Toshkent viloyati bosqichi g'oliblari aniqlandi

Teglar :  Toshkent viloyati
Toshkent viloyati bo'ylab uch bosqichda “Otam, onam va men - sog'lom sportchimiz” shiori ostida "Quvnoq startlar" musobaqasi tashkil etildi.

Toshkent viloyatida sportni yanada ommalashtirish, aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini keng targ'ib qilish va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Farmoni ijrosini taminlash maqsadida sport-talim muassasalari va turli korxona-tashkilotlarning ishchi-xodimlari hamda mahalla aholisi ishtirokida ertalabki badantarbiya mashg'ulotlari, yurish, yugurish kabi sport tadbirlari tashkil etilmoqda.

Aholi qatlamlarini bu kabi sport tadbirlariga faol jalb etishda haftaning dam olish kunlaridan unumli foydalanilmoqda. SHu kuni hafta davomida doimiy ish bilan band bo'lgan Toshkent viloyati aholisi vakillari o'z oilalari bilan sport tadbirlari va musobaqalarida ishtirok etmoqda.

Jumladan, ortda qolgan haftada viloyat bo'ylab, uch bosqichda “Otam, onam va men - sog'lom sportchimiz” shiori ostida "Quvnoq startlar" musobaqasi tashkil etildi. Dastlab, har bir mahallada g'oliblar nomiga aniqlik kiritib olingan bo'lsa, keyinchalik ular tuman bosqichida jam bo'lishdi.

O'tgan haftaning dam olish kunlari ushbu musobaqaning viloyat bosqichi CHirchiq davlat pedagogika instituti sport obektlarida tashkil etildi. Tumanlarda g'olib bo'lgan sportchi oilalar viloyat kubogi uchun kurash olib borishdi.

Musobaqa natijalariga ko'ra, 1-o'rinni Parkent tumanidan Tangriboevlar oilasi qo'lga kiritgan bo'lishsa, CHirchiq shahridan Iskandarovlar oilasi 2-o'ringa loyiq ko'rildi. 3-o'rin esa Zangiota tumanidan Qovunboevlar oilasiga nasib etdi.

Musobaqa yakunida g'olib va sovrindorlarga hamkor tashkilotlar tomonidan esdalik sovg'alari taqdim etildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing