So’nggi yangiliklar

13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0

13 jan 07:46
Yangiliklar

Tadbirlar

"Otam, onam va men sog'lom sportchimiz": Toshkent viloyatida dam olish kunlari sportga bag'ishlandi

Respublikamizdagi barcha umumtalim maktablarida o'quv jarayonlari boshlanishi hisobga olinib, maktab yoshidagi havaskor bokschi yoshlar o'rtasida Hokim kubogi musobaqasi ham o'tkazildi.

Toshkent viloyatida sportni yanada ommalashtirish, aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini keng targ'ib qilish va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi "Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni ijrosini taminlash maqsadida sport-talim muassasalari va turli korxona-tashkilotlarda ishchi-xodimlar hamda mahalla aholisi ishtirokida ertalabki badantarbiya mashg'ulotlari, yurish, yugurish kabi sport tadbirlari tashkil etilmoqda.

Aholi qatlamlarini bu kabi sport tadbirlariga faol jalb etishda haftaning dam olish kunlari: shanba va yakshanba kunlaridan unumli foydalanilmoqda. SHu kuni hafta davomida doimiy ish bilan band bo'lgan Toshkent viloyati aholisi vakillari o'z oilalari bilan sport tadbirlari va musobaqalarida ishtirok etmoqda.

Jumladan, ortda qolgan hafta yakunida ham viloyatning har bir hududida ommaviy badantarbiya mashg'ulotlari tashkil etildi. Parkent tumanida mashg'ulotlardan so'ng oilalar ishtirokida "Otam, onam va men sog'lom sportchimiz" shiori ostida quvnoq startlar musobaqasi tashkil etildi.

SHuningdek, 11 yanvardan respublikamizdagi barcha umumtalim maktablarida o'quv jarayonlari boshlanishi hisobga olinib, maktab yoshidagi havaskor bokschi yoshlar o'rtasida «Hokim kubogi» musobaqasi ham o'tkazildi.

Sport tadbirlari yakunida g'olib va sovrindor bo'lganlar, shuningdek, faollik ko'rsatganlar tadbir tashkilotchilari tomonidan esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing