So’nggi yangiliklar

14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0

28 mar 18:02
Yangiliklar

Suv sporti turlari

O'z kumiring ashaddiy raqibingga aylanmaguncha bo'sh kelma

Teglar :  Maykl FelpsSuzish
Olimpiya o'yinlari tarixida 23 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo'lga kiritgan afsonaviy Maykl Felps haqida eshitgan bo'lsangiz kerak.

Uning g'alabalari haqida ham ko'p eshitganmiz. Biroq unda eslab o'tishga arzigulik mag'lubiyatlar ham bor. Quyida ulardan biri haqida hikoya qilamiz. Bu real hikoyani “O'z kumiring ashaddiy raqibingga aylanmaguncha bo'sh kelma” deb nomladik.

Felpsning “shoh yo'nalishi” batterflyay usulida suzish. Bu faktni sal keyinroq yod olamiz. Xitoy va Singapur davlatlari bir-biriga yaqin. Pekindagi Olimpiadani ko'rish uchun singapurlik yosh suzuvchi, 13 yashar Yozef Skuling Xitoyga keladi. Uning yagona orzusi o'z kumiri Felps bilan suratga tushish bo'lgan va bolakay o'z maqsadiga etgan ham.

Rio-2016. Oradan 8 yil o'tib, o'sha bolakay dunyoning eng kuchli suzuvchilaridan biri bo'lib voyaga etdi. Mayklning faoliyatidagi so'nggi startlaridan biri ushbu Olimpiadada 100 metrga batterflyay usulida suzish bahsi edi. Ne ajabki, Felps ham, Skuling ham ushbu yo'nalishda finalgacha etib kelishdi. Yakunda Yozef Skuling o'z kumirini batterflyay usulida, yani Mayklning “shoh yo'nalishi”da Olimpiya o'yinlarida dog'da qoldirib, oltin medalni qo'lga kiritdi. Bu esa o'z kumiri ortidan ergashgan bolakayning vaqti kelib afsonaviy suzuvchini mag'lub etgani haqidagi voqea bilan jahon nashrlarida bong urildi.

2008 va 2016 yillarda olingan ushbu suratga shunday izoh berdik:

2008: Bolakayga umringning 1 soniyasini esdalik uchun suratga tushgani berasan

2016: 8 yil o'tib, Skuling o'sha 1 soniya qarzini senga beradi.

Ha aytgancha, o'sha bellashuv yana bir jihati bilan tarixda qolgan. Skuling g'olib chiqish uchun 50.39 soniya natija qayd etgan bo'lsa, bir yo'la 3 sportchi: Maykl Felps, CHad Le Klo va Laslo CHex 51.14 soniya natija bilan kumush medallarga ega chiqishgan. SHu bois ushbu yo'nalishda bronza medali hech kimga taqdim qilinmagan.

Yana bir etiborli tomoni shundaki, 25 atlet bilan Rio Olimpiadasida qatnashgan Singapur uchun Skulingning medali yagona bo'lib qoldi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing