So’nggi yangiliklar

13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0

17 iyu 20:21
Yangiliklar

Gimnastika

“O'zavtosanoat” AK boshqaruv raisi gimnastika federaciyasiga rahbar bo'ldi

Teglar :  Ulug'bek Ro'ziqulov
Ulug'bek Ro'ziqulov O'zbekiston gimnastika federaciyasining raisi etib saylandi.

Bugun O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasida O'zbekiston gimnastika federaciyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferenciyasi bo'lib o'tdi. 

Unda Yoshlar siyosati va sport vazirining o'rinbosari SHahrullo Mahmudov (onlayn), MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Qo'mita raisi o'rinbosari Azizjon Kamilov, Go'zal Mo'minova boshchiligidagi federaciya mutasaddilari, gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktablari vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirni Oybek Omilovich ochib berar ekan, dastavval konferenciya mohiyati haqida to'xtalib o'tdi. Xususan, federaciyaning avvalgi rahbari boshqa ishga o'tgani munosabati bilan tashkilotga yangi rais saylash konferenciya kun tartibidagi asosiy masala ekanini takidladi.

MOQ Bosh kotibi ushbu lavozimga federaciya bosh homiysi “O'zavtosanoat” AK boshqaruv raisi Ro'ziqulov Ulug'bek Ubaydullaevich nomzodini ilgari surdi. Konferenciya qatnashchilari bir ovozdan ushbu nomzodni qo'llab-quvvatlashdi va U.Ro'ziqulov O'zbekiston gimnastika federaciyasining raisi etib saylandi.

O'z navbatida, Ro'ziqul Ubaydullaevich bildirilgan ishonch uchun minnatdorchilik bildirib, Prezidentimizning “Gimnastika sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Qarori ijrosini taminlash, mavjud muammo va masalalarni hal etish, gimnastika rivojini yangi bosqichga olib chiqish yo'lida bor kuch-g'ayratini safarbar qilishini takidladi. 

SHuningdek, u hududlarga etiborni yanada kuchaytirish, viloyatlardagi moddiy-texnik bazani kuchaytirish, sportchilarni har tomonlama rag'batlantirish kabi masalalarga ham to'xtaldi.

Tadbir davomida federaciya raisining birinchi o'rinbosari Go'zal Mo'minova Prezident Qarori bo'yicha federaciya miqyosida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobot berdi.

SH.Mahmudov federaciya rahbarini yangi lavozimga saylangani bilan tabriklab, unga sportchilarimizning Xanchjou-2022 Osiyo va Parij-2024 Olimpiya o'yinlarida munosib ishtiroklarini taminlash kabi masuliyatli vazifalarni bajarish yo'lida kuch-quvvat tiladi. 

SHuning bilan, federaciyaning navbatdan tashqari hisobot-saylov konferenciyasi o'z ishini yakunladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing