So’nggi yangiliklar

18:00"Конор Макгрегорнинг машғулот лагери тунги клубда ўтмоқда". Махачев Конор - Чендлер жанги ҳақида 0 17:38Абдусатторов, Синдаров, Мамедяров ва бошқалар. Шахмат юлдузлари Тошкентда беллашади 0 17:17Ўзбекистон хоккей бўйича жаҳон чемпионатида иштирок этади 0 16:53Жанубий Корея термаси Хавини ишга таклиф қилди 0 16:30Нурсултонни мағлуб этган Бакли энди Шавкат Раҳмоновни жангга чорлади 0 16:08Жаҳон чемпионатида муваффақиятли иштирок этган ўсмир оғир атлетикачиларимиз тантанали кутиб олинди 0 15:47Ислам Махачев ва Дастин Порьенинг ҳозир қандай формада эканлиги намойиш этилди 0 15:26"Барселона" Педри учун "Лас-Пальмас"га қўшимча 18 млн евро тўлади 0 15:05Андрей Рублёв French Open учинчи даврасига чиқди 0 14:44Уч нафар шахматчимиз Aktobe Open 2024 турнирида иштирок этяпти 0 14:23Ислам Махачевнинг сўнгги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 14:02"Ал Насср" АПЛнинг уч юлдузи билан шартнома имзоламоқчи 0 13:41Жек Делла Маддалена UFC 305 турниридан "ечилди" + ФОТО 0 13:20Карлос Алькараз "Ролан Гаррос" учинчи даврасига йўл олди 0 12:59Дана Уайт Нурмагомедов иштирокидаги даъвогарлар жангини тасдиқлади + ПОСТЕР 0

12 iyu 12:07
Yangiliklar

Boks/MMA, Bolalar sporti

O'zbek boksi yulduzlari yosh sportchilar maktabida mehmon bo'lishdi

Teglar :  Boks
XXXI yozgi Olimpiya o'yinlari sovrindorlari SHahram G'iyosov va Murodjon Ahmadaliev, shuningdek, boks bo'yicha jahon kubogi g'olibi, Osiyo o'yinlari sovrindori Isroil Madrimovlar Toshkent shahar Bektemir tumanidagi 1-sonli BO'SMga tashrif buyurishdi.

Tuman hokimligining Manaviyat targ'ibot bo'limi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda Bolalar o'smirlar sport maktabida kamol topayotgan ikki yuzdan ziyod yosh sportchilar ishtirok etishdi. 

Bugungi kunda 1-sonli BO'SMda sportning 14 ta turi bo'yicha mashg'ulotlar olib borilmoqda va ushbu o'quv-sport maskanida tahsil olayotgan 772 nafar yoshlar sportning futbol, boks, erkin kurash, dzyudo, badiiy gimnastika, tennis, stol tennisi, gandbol, taekvondo (WTF), o'zbek jang sanati, basketbol, velosport, milliy kurash va sambo turlari bilan shug'ullanib kelishmoqda.

Yaqindagina poytaxtimizda bo'lib o'tgan boks bo'yicha Osiyo chempionatida butun dunyoni hayratga solib 10 ta vazn toifasining to'qqiztasida oltin medallarga sazovor bo'lgan O'zbekiston terma jamoasi azolarining sport maktabiga tashrifi bolajonlarga cheksiz quvonch va shodlik ulashdi.


O'z navbatida SHahram G'iyosov, Murodjon Ahmadaliev va Isroil Madrimovlar yig'ilganlarga o'zlarining sportdagi ilk qadamlari, birinchi ustozlari, bolalik xotiralari xaqida so'zlab berishdi. SHuningdek, Olimp shohsupasiga qadar bosib o'tilgan mashaqqatli yo'l, tinimsiz mashg'ulotlar, o'quv-yig'inlari, nufuzli musobaqalardagi ishtirok xaqidagi suhbatlar yosh sportchilarda katta qiziqish uyg'otdi. 

Tadbir davomida 1-sonli BO'SM tarbiyalanuvchilari boks, badiiy gimnastika, kurash, dzyudo bo'yicha ko'rgazmali chiqishlar qilib, mehmonlarga o'z mahoratlarini namoyish etishdi. Suhbat tarzida o'tkazilgan mazkur tadbir davomida professional sportchilar kelajak avlod vakillarini qiziqtirgan barcha savollarga javob berishdi.


Tadbir so'nggida boks yulduzlari bolajonlar va ularning ustozlari bilan bilan esdalik uchun suratga tushib, dastxatlar qo'yib berishdi. Bu uchrashuv yosh sportchilar qalbida bir umrga muhrlanib qolishi shubhasiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing