So’nggi yangiliklar

10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0

25 dek 17:59
Yangiliklar

Dzyudo

O'zbek dzyudosida yil sarhisobi: Murodjon Yo'ldoshev va Diyora Keldiyorova eng yaxshi deb topildi

Bugun O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasida O'zbekiston dzyudo federaciyasining 2023 yil sarhisobiga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Unda yakuniga etib borayotgan yilda qayd etilgan natijalar esga olinib, yangi Olimpiya yili uchun rejalar ko'rib chiqildi. Tadbirda Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo'mitasi va O'zbekiston dzyudo federaciyasi rahbariyati, shuningdek, Ilias Iliadis boshchiligidagi dzyudochilarimiz va murabbiylar shtabi ishtirok etdi.

Tadbir avvalida federaciya Bosh kotibi Azizjon Sobirov 2023 yil amalga oshirilgan ishlar bo'yicha taqdimot o'tkazdi. Unga ko'ra, sportchilarimiz yil davomida o'tgan turli yosh toifalaridagi xalqaro musobaqalarda jami 99 ta oltin, 72 ta kumush va 149 ta bronza medallarini qo'lga kiritishgan. SHuningdek, mutaxassis dzyudo maktablarining faoliyati, yurtimiz bo'ylab ushbu sport ommaviyligini oshirish bo'yicha qilinayotgan ishlarga ham to'xtalib o'tdi.

O'z o'rnida, Yoshlar siyosati va sport vaziri o'rinbosari SHahrullo Mahmudov davlatimiz atletlarimizni bundan keyin ham qo'llab-quvvatlashda davom etishini, bunga javoban dzyudochilarimizdan yanada yuqori natijalar kutilishini takidladi. SHuningdek, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov dzyudo bo'yicha O'zbekiston terma jamoasini “Milliy sport mukofoti-2023” taqdirlash marosimida “Yilning eng yaxshi terma jamoasi” nominaciyada g'olib chiqqani bilan qutladi.

Anjuman davomida Qo'mita raisi o'rinbosari, mamlakat dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov 2023 yil o'zbek dzyudosi uchun muvaffaqiyatli o'tgani, xususan, birinchi bor jahon chempionatida 4 ta medal qo'lga kiritilgani, Osiyo o'yinlarida ilk bora 3 ta oltin medal jamg'arilgani, sportchilarimizning 12 yillik tanaffusdan keyin “Masters” turnirida oltin medalga ega chiqishgani, poytaxtimizda “Katta dubulg'a” turniri, o'smirlar va yoshlar o'rtasida Osiyo kubogi va qita birinchiligi yuqori saviyada o'tkazilganini yod oldi. SHuningdek, A.Kamilov davlatimizning qo'llab-quvvatlashi bilan 2024 yil bundan ham katta yutuqlarga erishishni maqsad qilinganini bildirdi.

Tadbir davomida mutaxassislar yangi ochiladigan dzyudo akademiyasi, Parij-2024 cikli davomida terma jamoamiz qatnashishi kutilayotgan musobaqalar, Olimpiada rejalari va boshqa ko'plab mavzularda jurnalistlarni qiziqtirgan savollariga javob berishdi.

Yakunda federaciya kesimida eng yaxshilar taqdirlanishdi. Unga ko'ra, jahon chempionatining bronza, Osiyo o'yinlarining oltin va kumush medallari sohibi Murodjon Yo'ldoshev, shuningdek, jahon chempionatining kumush, Osiyo o'yinlarining oltin va kumush medallari egasi Diyora Keldiyorova mos ravishda eng yaxshi erkak va ayol sportchilar sifatida etirof etildi. SHuningdek, boshqa bir qator yo'nalishlarda ham mukofotlar o'z egalariga topshirildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing