So’nggi yangiliklar

14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0

18 iyu 22:20
Yangiliklar

Karate

O'zbek karatesida talon-toroj bo'lgan millionlar - federaciya rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Davlat byudjetini talon-toroj qilgan O'zbekiston karate milliy federaciyasi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atildi.

Bu haqda Effect.uz’ga ishonchli manba xabar bermoqda.

Malum bo'lishicha, Bosh prokuror o'rinbosarlaridan biri “Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan tekshiruv olib borgan.

Unga ko'ra, O'zbekiston Karate milliy federaciyasi mansabdor shaxslari va boshqalar rasmiy hujjatlarga soxta yozuvlar kiritib, juda ko'p miqdordagi byudjet mablag'larini talon-toroj qilishgan.

Xususan, 2020-2021 yillarda o'tkazilgan 10 o'quv yig'inlarida 49 nafar sportchilar amalda qatnashmagan hamda mehmonxona xizmatidan foydalanmagan bo'lsalarda, ishtirok etganligi haqida soxta hujjatlar rasmiylashtirilib, 403 mln. so'mlik byudjet mablag'lari o'zlashtirilgan.

SHuningdek, sportchilar tomonidan ishlatilmagan 64 turdagi 78,5 mln. so'mlik dori vositalari talon-toroj qilingan.


Bundan tashqari, sport zal ijaraga olinganligi haqida hujjatlar rasmiylashtirilib, 128 mln. so'm mablag'lar amalda sport zaliga ega bo'lmagan mehmonxonaga o'tkazilib, o'zlashtirilgan.

SHu kabi, 2021 yilda o'tkazilgan 3 ta sport musobaqalari qatnashuvchilari tomonidan to'langan 150 mln. so'm badal pullari kirim qilinmasdan, talon-toroj qilingan.

SHu bilan birga, meyoriy hujjatlar talbalariga zid ravishda, karate bo'yicha jahon chempioni D.Otabolaevga trenerlik qilmagan U.Bekpulatovga davlat byudjetidan asossiz ravishda 6 ming AQSH dollari to'lanishiga erishib, byudjet mablag'lari o'zlashtirilgan.

Yuqoridagilarga ko'ra, O'zbekiston karate milliy federaciyasi mansabdor shaxslari va boshqaruvlarning harakatida JKning 167 moddasi 3-qismi “a” bandi hamda 228-moddasi 2-qismi “b” bandida ko'rsatilgan jinoyat alomatlari mavjudligi aniqlangan.

O'zbekiston karate milliy federaciyasi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan JKning 167-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Eslatib o'tamiz, ayni paytda O'zbekiston karate milliy federaciyaga Alamjon Mullaev rahbarlik qilib kelmoqda. Malumot uchun, Alamjon Mullaev va Nurxon Nafasov o'rtasida federaciya rahbarligi masalasida uzoq vaqtdan buyon tushunmovchiliklar bo'lib turadi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing