So’nggi yangiliklar

13:58"Ман Сити" ва МЮ Англия суперкубоги соврини учун қачон ўйнайди? 0 13:36Расман! Дана Уайт яна бир қизиқарли жангни эълон қилди 0 13:1520 ёшли теннисчи ўз юртида биринчи титулини қўлга киритди 0 12:53Шаҳрам Ғиёсов Кроуфорднинг Мадримовдан ягона устун жиҳатини айтди 0 12:31ОЧЛ. "Ал Айн" биринчи ва охирги чемпион 0 12:10European Cup 2024. Бугун 9 нафар дзюдочимизга мухлислик қиламиз 0 11:48Каспер Рууд - учинчи бор Geneva Open ғолиби! 0 11:29Акбар Жўраев ва Ригина Адашбаева Париж-2024 ёзги Олимпия ўйинлари йўлланмасига эга чиқишди 0 11:27Жаҳон чемпионатида сенсация - амалдаги чемпион Канада финалга чиқа олмади! 0 11:06Футзал. Бугун Жаҳон чемпионатига қуръа ташланади 0 10:45"Тарих яратиш учун!". Исроил Мадримов Кроуфорд билан жангга тайёрланиш учун АҚШга йўл олди (ФОТО) 0 10:39Камару Усман Дастин Порьенинг Ислам Махачевдан устун жиҳатини айтди 0 10:28Киз - Страсбург турнири чемпиони! 0 09:56Исроил Мадримов: «Вақти келди» 0 09:35Мбаппе ПСЖдаги сўнгги ўйинида Франция кубогини қўлга киритди! 0

04 apr 19:01
Yangiliklar

Kurash

O'zbek milliy kurashi SportAccord 2024 ko'rgazmasiga kiritildi

Teglar :  KurashSportAccord
Sport, biznes, ommaviy axborot vositalari, huquq, sog'liqni saqlash, sayohat va boshqa sohalardagi jahon etakchilarini birlashtirgan hamda sportning qudratini kashf qilish imkonini beruvchi SportAccord 2024 ko'rgazmasiga Kurash ham rasman kiritiladi.

7-11 aprel kunlari Buyuk Britaniyaning Birmingem shahrida bo'lib o'tadigan global sport tadbirida innovacion tashabbuslar, yangi tadbir modellari va global takliflar muhokama qilinadi.

Unda jahon siyosati va sportining muhim arboblari, nufuzli davlat va jamoat arboblari ishtirok etishi kutilmoqda.

Yilning eng nufuzli global sport va ishbilarmonlik uchrashuvida AI va WEB 3, sportda ilg'or texnologiyalardan foydalanish hamda tadbirlar va sayohatlarni optimallashtirish kabi muhim mavzularda amaliy seminarlar ham tashkil etiladi.

Bu yil ushbu tadbirlarda Kurashning rasmiy ko'rgazmasi ham bo'lib o'tadi.

Kurash xalqaro associaciyasi prezidenti Haydar Farmon rahnamoligida mazkur nufuzli sport haftaligini yuqori saviyada o'tkazishga tayyorgarlik ko'rilmoqda.

Birmingem xalqaro konferenciya markazida kurashga bag'ishlangan maxsus pavilyon mavjud. Kurashning tarixi, rivojlanishi va zamonaviy yutuqlarini aks ettiruvchi sovg'alar va ko'rgazmalar taqdim etilishi kutilmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing