So’nggi yangiliklar

19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0 15:32Ислам Махачев Хабибнинг натижасини такрорлади 0 15:10"Реал" қачон Европа Суперкубоги учун курашади? 0 14:48Шахматчиларимиз Aktobe Open 2024 турнирининг 8-турида қандай натижа қайд этишди? 0

06 jan 15:12
Yangiliklar

Boks/MMA

O'zbek professional boksida yil voqeyligi - WBC Konvenciyasi!

O'zbek professional boksida ortda qolgan 2023 yilning eng muhim voqeyligi bu shubhasiz, nufuzli WBC tashkilotining yillik Konvenciyasiga Toshkent shahrining mezbonlik qilgani bo'ldi.

12-17 noyabr kunlari poytaxtimiz tarixda ilk bor Butunjahon boks ittifoqi (WBC)ning 61-Konvenciyasiga mezbonlik qildi. WBC professional boksning eng nufuzli yo'nalishi bo'lib, unga 1963 yilda asos solingan. SHtab-kvartirasi Meksikaning Mexiko shahrida joylashgan. 2022 yil tashkilotning yubiley - 60 yillik Konvenciyasi Meksikada o'tkazilgan va aynan o'sha tadbirda 61-Konvenciya mezbonligi Toshkent shahriga ishonib topshirilgandi. 

Yilning eng muhim boks tadbirida qatnashish uchun yurtimizga yuzdan ziyod mamlakatdan delegatlar keldi. O'zbekistonda WBC tashkil etilganligining 60 yilligi ham nishonlandi. SHu kungacha Konvenciya Meksikadan tashqari AQSH, Evropa mamlakatlarida tashkil etilgandi. MDH mamlakatlari orasida Boku (Ozarbayjon) va Moskva (Rossiya) shaharlari ham ushbu tadbirga mezbonlik qilgan. Osiyo davlatlari orasida Tailand, Yaponiya ham WBC konvenciyasini qabul qilgan. Markaziy Osiyo davlatlari orasida biz birinchi bo'ldik. 

WBC 61-konvenciyasida talim, doping, hakamlik, xalqaro munosabatlar, boks qoidalari, reytinglar, chempionlik kamarlari, xayriya va jamoat tashabbuslari kabi bir nechta masalalar bo'yicha yig'ishlar o'tkazildi. Mayk Tayson, Evander Xolifild, Aleksandr Usik, Robert Dyuran, Kostya Czyu, Amir Xan singari dunyoga mashhur boks yulduzlari ushbu tadbirda ishtirok etishdi. 17 noyabr kuni muhtasham "Humo Arena"da o'tkazilgan katta professional boks kechasi bilan WBC Konvenciyasiga yakun yasaldi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing