So’nggi yangiliklar

13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0

12 noy 09:25
Yangiliklar

Tokio-2020, Zamonaviy beshkurash

O'zbek sporti tarixida ilk bor: Zamonaviy beshkurash bo'yicha Olimpiya o'yinlariga licenziya qo'lga kiritdik

Tokio Olimpiadasi cikli o'zbek sporti tarixida unutilmas voqeliklarga boy bo'lmoqda.

Zero, sportchilarimizning bo'lajak musobaqaga ko'proq licenziya olishlarini taminlashga hukumat darajasida katta etibor qaratilmoqda. Rivojlanishi bir muncha to'xtab qolgan sport turlari esa jadallik bilan o'sib bormoqda.

Ayni kunlarda Xitoyning Uxan shahrida zamonaviy beshkurash bo'yicha Osiyo-Okeaniya mintaqasi uchun Tokio Olimpiadasiga licenziya beruvchi musobaqa bo'lib o'tmoqda. Quvonarlisi, ushbu turnirda sportimiz tarixida ilk bor o'zbekistonlik zamonaviy beshkurashchi Alise Faxrutdinova yozgi Olimpiya o'yinlariga yo'llanma qo'lga kiritdi. Mazkur musobaqada terma jamoamiz mamlakatlar reytingida uchinchi o'rinni egalladi va bu delegaciyamiz uchun Olimpiya o'yinlariga bitta licenziya taqdim qildi.

Musobaqada kuchli beshlik quyidagi ko'rinishni hosil qildi:

1. Janubiy Koreya
2. Yaponiya
3. O'zbekiston
4. Xitoy
5. Qozog'iston

Zamonaviy beshkurash yaqin-yaqingacha mamlakatimizda past rivojlangan sport turlaridan biri bo'lib kelar, hatto sportchilarning shug'ullanishi uchun bazasi ham yo'q edi. Ammo davlatimizning sportga qaratayotgan etibori, qolaversa, federaciyaning hozirgi rahbariyati sayi-harakatlari bilan ushbu sportga etibor tubdan o'zgardi va ayni damda yangi davrni boshdan o'tkazmoqda.

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi O'zbekiston zamonaviy beshkurash federaciyasini qo'lga kiritilgan bunday muvaffaqiyat bilan muborakbod etadi. Qayd etish joiz, bu delegaciyamiz uchun Tokio-2020 Olimpiya o'yinlariga qo'lga kiritilgan o'n ikkinchi licenziya bo'ldi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing