So’nggi yangiliklar

16:55Нурсултон Рўзибоев: «Ўзимнинг хатом билан рақиб курашга кирди» 0 16:32"Фьюри тўққизинчи раундда туриб бера олганидан ҳайрон қолдим" - Кличко 0 16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0

19 iyu 14:56
Yangiliklar

Gimnastika

O'zbek va jahon sporti afsonasi Oksana CHusovitina 48 yoshda!

Bugun o'zbek va jahon sportining yorqin vakilasi Oksana CHusovitina o'z tavallud ayyomini nishonlamoqda.

CHusovitina Oksana Aleksandrovna 1975 yil 19 iyun kuni Buxoro shahrida tug'ilgan. Sport gimnastikasi bo'yicha Olimpiya o'yinlarida eng ko'p ishtirok etgan sportchi (1992, 1996, 2000, 2004, 2008, 2012, 2016, 2020). 1992 yil Barselonada o'tgan Olimpiya o'yinlari oltin medali sohibasi, 3 karra jahon chempioni. Tayanib sakrash, erkin mashq va parallel to'sinlarda bir necha murakkab elementlar muallifi. Osiyo o'yinlari va Osiyo chempionati g'olibasi.  

Faoliyatini yakunlamasdan turib, gimnastika rivojiga qo'shgan xissasi uchun Xalqaro gimnastika shon-sharaf Zalidan o'rin olgan yagona sportchi (shuningdek, sport gimnastikasida Olimpiya o'yinlarida eng ko'p ishtirok etgani uchun “Ginnesning rekordlari” kitobiga o'z nomini yozdirib qo'ygan).

Oksana Aleksandrovna davlatimiz tomonidan “O'zbekiston iftixori”, "O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sportchi" faxriy unvonlari, “Do'stlik”, “Mehnat shuhrati”, “El-yurt hurmati” ordenlari bilan taqdirlangan.

Oksana CHusovitina 8 bor Olimpiya o'yinlarida ishtirok etib, gimnastika tarixi va “Ginnesning rekordlari” kitobiga kiritilgan. Agar u Parij-2024 Olimpiadasida ham ishtirok etsa, o'z rekordini yaqin davr ichida hech kim yaqinlasha olmaydigan qilib yangilaydi. Yana ham hayratlanarlisi, o'shanda u 49 yoshida bu ishni amalga oshirgan bo'ladi.

Fursatdan foydalanib, O'zbekiston faxri Oksana CHusovitinani bugungi tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik va ulkan g'alabalar tilaymiz. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing