So’nggi yangiliklar

19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0 15:32Ислам Махачев Хабибнинг натижасини такрорлади 0 15:10"Реал" қачон Европа Суперкубоги учун курашади? 0

17 fev 11:26
Yangiliklar

Boshqalar

O'zbekiston bo'ylab piyoda: Sirdaryolik ikki yigit Andijondan Mo'ynoqqacha piyoda borishga ahd qilishdi

Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida istiqomat qiluvchi Eldorbek Jo'raev hamda To'lqin Usmonovlar Andijondan Mo'ynoqacha bo'lgan masofani, yani butun mamlakatimizni piyoda bosib o'tishga otlanishdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Farmoni ijrosini taminlash maqsadida sirdaryolik ikki yurtdoshimiz butun O'zbekiston bo'ylab piyoda yurib o'tishga qaror qilishdi. 

Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida istiqomat qiluvchi Eldorbek Jo'raev hamda To'lqin Usmonovlar Andijondan Mo'ynoqacha bo'lgan masofani, yani butun mamlakatimizni piyoda bosib o'tishga otlanishdi.

O'z yurishini shu yil 15 fevral kuni Andijon viloyatidan boshlagan bu ikki yigit bugun Farg'ona viloyati markaziga etib kelishdi. Qayd etish kerak, ushbu yurtdoshlarimiz boshlagan tashabbus Sirdaryo, Andijon, Farg'ona, Namangan viloyatlari Jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari tomonidan qo'llab-quvvatlandi.

Xususan, Sirdaryo viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi E.Jo'raev va T.Usmonovni sport formalari bilan taminlagan bo'lsa, Andijon, Farg'ona, Namangan viloyatlari esa tashabbuskor yoshlarni kutib olish, yotoq joy bilan taminlash, kuzatish kabi masalalarda yordamlarini ayashmayapti. Qisqasi, Prezident Farmoni ijrosini taminlash maqsadida barcha birlashmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing