So’nggi yangiliklar

15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0

08 sen 19:17
Yangiliklar

Boshqalar

O'zbekiston "Combat jiu-jitsu" associaciyasiga raisning birinchi o'rinbosari tayinlandi

Teglar :  Jiu-jitsu
Bugun, 8 sentyabr kuni Buxoro shahrida O'zbekiston "Combat jiu-jitsu" associaciyasining seminar treningi va navbatdan tashqari konferenciyasi tashkil etildi.

Konferenciyada Xalqaro kombat jiu-jitsu federaciyasi prezidenti Vladislav SHipinskiy, Osiyo kombat jiu-jitsu federaciyasi prezidenti Ata Adaev, O'zbekiston "Combat jiu-jitsu" associaciyasi mutasaddilari, hakamlar hayati, sportchi va murabbiylar, kuzatuvchilar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi. 



Tadbirni O'zbekiston "Combat jiu-jitsu" associaciyasi bosh kotibi G'ayrat Nabiev boshlab berdi va kun tartibi bilan tanishtirdi.

Kun tartibiga binoan, G'ayrat Nabiev associaciya raisining buyrug'ini o'qib eshittirdi. Unga ko'ra, associaciya raisining birinchi o'rinbosari sifatida Islamov Otabek SHuxratovich faoliyat olib boradigan bo'ldi. 


SHuningdek, Babajanov Alisher Rustambekovich rais o'rinbosari, raisning xalqaro munosabatlar bo'yicha o'rinbosari Kuliev Qodir Rahmatulloevich, Safarov Riza Japparali o'g'li esa associaciyada ijrochi direktor lavozimlariga tayinlandilar. Ulug'bek Rahmonov Axtamovich esa kombat jiu-jitsu bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. 

 

Associaciya raisining birinchi o'rinbosari etib tayinlangan Otabek Islamov so'zga chiqar ekan, tashkilotda ishlarni yanada jadalashtirish hamda rejaga asosan bo'lib o'tadigan musobaqalarga tayyorgarlik ko'rish, Respublikamiz miqyosida o'tkaziladigan musobaqalarda g'olib bo'lgan sportchilarni nufuzli halqaro musobaqalarga munosib tayyorlash zarurligini alohida takidladi

Ayniqsa, bugungi kunda yoshlarimizning sportga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshirib, ularni turli nopok yo'llarga kirib ketmasliklarini oldini olish bilan bir qatorda sport orqali tarbiyalab, jismonan sog'lom va manaviy etuk qilib tarbiyalash bizning asosiy maqsadlarimiz ekanligini takidladi. Besh muhim tashabbusda belgilab berilgan vazifalardan biri bu yoshlarni sport to'garaklariga jalb etish, bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishlarini taminlashdir.


SHu bois, o'tkazilayotgan tadbirdan ko'zlangan maqsad: 

"Combat jiu-jitsu" jang sanatining O'zbekistonda rivojlanishi va hozirgi vaqtdagi holatini tahlil etish;

"Combat jiu-jitsu"jang sanatini o'zlashtirish jarayonida qiyinchiliklarni engib o'tish orqali o'smirlar va yoshlarning chidamlilik hamda chaqqonlik sifatlarini oshirishdan iborat.

Raisning birinchi o'rinbosari associaciya oldida turgan muhim vazifalardan biri sifatida, ushbu sportga faqatgini o'g'il bolalar emas, balki qizlarni ham keng jalb qilish masalasiga ham to'xtalib o'tdi.

SHuningdek, "Combat jiu-jitsu" bo'yicha shu kunlarda Buxoro viloyatida Osiyo chempionati bo'lib o'tishi rejalashtirilganligini, ushbu musobaqaga O'zbekiston shu kunlarda terma jamoasi tayyorgarlikni kuchaytirish zarurligini aytib o'tdi. 

"Combat jiu-jitsu"sportini mamlakatimizda yanada ommallashtirishimiz lozimligi xaqida fikr bildirdi.

So'z yakunida esa barcha tadbir ishtirokchilariga o'z minnatdorchiligini bildirib, ushbu xayrli ishlarda tinimsiz mehnat qilib, O'zbekiston sportchilarini dunyoga tanitish uchun tunu-kun mehnat qilish lozimligi xaqida to'xtalib o'tdi.

Yig'ilishda ishtirok etgan Xalqaro kombat jiu-jitsu federaciyasi prezidenti Vladislav SHipinskiy ham ushbu sport turi O'zbekistonda ham rivojlantirilayotganligidan mamnun ekanligini takidladi va o'zbek sportchilariga muvaffaqiyatlar tiladi. 


SHundan so'ng, konferenciya ishtirokchilari o'zlarini qiziqtirgan savollarga  atroflicha javob oldilar. Qizg'in bahs-munozarali ushbu tadbirda bir qator istiqbolli rejalarning qabul qilingaligi shubhasiz. Bo'lib o'tgan konferenciya O'zbekiston "Combat jiu-jitsu" associaciyasining kelajakdagi  faoliyatida muhim ahamiyat kasb etishi shubhasiz. 

O'zbekiston "Combat jiu-jitsu" associaciyasi matbuot xizmati





Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing