So’nggi yangiliklar

18:52Дариуш Махачевни мағлуб этишига ишонмоқда 0 18:31Шон О'Мэлли Конор Макгрегор билан жанг учун вазнини ўзгартиришга тайёр 0 18:10"Реал Мадрид" Кроосга ўринбосар топди 0 17:48Фьюри: "Агар Усик ғалабани мендан кўра кўпроқ истаса - у ютади" 0 17:25Махачев UFC 302 турниридаги жанги олдидан Порьега мурожаат қилди 0 17:01UFC Саудия Арабистонида ҳам катта турнир ташкил этади 0 16:38"Барселона" ҳужум чизиғини кучайтирмоқчи 0 16:16Ломаченко Камбососни мағлуб этса кейинги рақиб ким бўлади? Промоутер жавоб берди 0 15:53Том Круз Париж Олимпиадасининг ёпилиш маросимида иштирок этади 0 15:27"Ижтимоий тармоқда кўпроқ пул топдим". Шон О'Мэлли UFCдаги гонорарлардан норози 0 15:05EЧЛ ҳафта футболчисига номзод футболчилар маълум 0 14:44Astana Barysy Grand Slam`га қуръа ташланди. Дзюдочиларимиз иштирокларини кимларга қарши бошлашади? 0 14:39Рим WTA 1000. Осака, Кенин ва бошқаларда ғалаба, Векичда мағлубият, ёмғир сабаб қолдирилган ўйинлар 0 14:18Энтони Смит UFC`нинг таклифини рад этди 0 13:57Анчелотти "Бавария"нинг шикоятларига жавоб қайтарди 0

29 dek 07:23
Yangiliklar

Regbi

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida ham regbi jamoasi tuziladi

Teglar :  O'zDJTSURegbi
O'zbekiston regbi federaciyasi bilan O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti o'rtasida memorandum imzolash marosimi bo'lib o'tdi.

Tadbirda O'zbekiston regbi federaciyasi raisi, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o'rinbosari Sodiq Safoev, O'zbekiston regbi federaciyasi bosh kotibi Qahramon Jalilov, regbi bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Daniil Kulikov, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori, professor Mahmudjon Boltabaev, Gandbol, tennis, badminton nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mudiri SHuhrat To'laganov hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.

Uchrashuvda 2019 yil 29 oktyabrdagi «O'zbekiston Respublikasida regbini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Prezident qarorining tegishli bandlari ijrosini taminlash maqsadida federaciya va universitet tomonidan olib borilayotgan ishlarga alohida to'xtalindi.

Xususan, joriy o'quv yilidan universitetda «regbi» bakalavriat yo'nalishi ochilib, 21 nafar talaba qabul qilingani alohida etirof etildi.

SHuningdek, uchrashuv yakunlari bo'yicha regbi sportini yoshlar orasida ommalashtirish, ayollar regbi sportini rivojlantirish, iqtidorli sportchilarni izlab topish, universitet regbi jamoasini tuzish, kelajakda Jahon chempionatlari va Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik ko'rish kabi vazifalarni hamkorlikda amalga oshirish bo'yicha memorandum imzolandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing