So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

20 iyu 17:50
Yangiliklar

Tadbirlar

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga yangi prorektor tayinlandi

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga Jismoniy tarbiya va sport vazirning birinchi o'rinbosari Ravshan Ermatov tashrif buyurdi.

Dastlab R.Ermatov universitetda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, 2020/2021 o'quv yili qabul jarayonlari bo'yicha abiturientlar, ularning ota-onalari va fuqarolarni qiziqtirgan savollariga hamda murojaatlariga tez va aniq javob berib borish maqsadida tashkil etilgan konsultaciya xonasi faoliyati hamda Call center xizmati bilan tanishdi.

SHundan keyin O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetda navbatdan tashqari yig'ilish o'tkazildi. Unda Jismoniy tarbiya va sport vazirning birinchi o'rinbosari Ermatov Ravshan Sayfutdinovich hamda universitet rahbariyati va professor-o'qituvchilar, xodimlar ishtirok etishdi.

Yig'ilishga raislik qilgan Jismoniy tarbiya va sport vazirning birinchi o'rinbosari Ravshan Ermatov so'nggi yillarda yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirishga qaratilgan keng islohotlar amalga oshirilayotganini alohida takidladi. SHu bilan birga universitet rahbariyatida tashkiliy o'zgarishlar yuz berganligi malum qilindi.

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining tegishli buyrug'i bilan Axmedov Ikrom Akramovich O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining o'quv ishlari bo'yicha prorektori lavozimiga tayinlandi.

Ikrom Axmedov 1965 yilda Samarqand viloyati Nurota tumani (hozirgi Navoiy viloyati)da tug'ilgan. 1989 yilda Toshkent xalq xo'jaligi instituti institutini (hozirgi Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini), tamomlagan.

U mehnat faoliyatini 1989 yilda iqtisodchi lavozimidan boshlab, 1994-1996 yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti aspiranti,

1996-2003 yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining «Marketing va tashqi iqtisodiy faoliyat» kafedrasi katta o'qituvchisi, 2003-2010 yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida dekan muovini,

2011-2018 yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining akademik licey va kasb hunar kollejlari bilan ishlash bo'yicha prorektori lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Iqtisodiyot fanlari nomzodi – Ikrom Axmedov shu kungacha O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining «Sportni boshqarish va kasbiy fanlar» fakulteti dekani sifatida ishlab kelayotgandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing