So’nggi yangiliklar

14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0

22 fev 17:54
Yangiliklar

Gimnastika

O'zbekiston gimnastika federaciyasiga yangi rahbar saylandi

Teglar :  Gimnastika
Bugun O'zbekiston gimnastika federaciyasining hisobot-saylov konferenciyasi bo'lib o'tdi. Unda federaciyaga yangi rahbar saylanishi kun tartibidan o'rin olgan asosiy masala bo'ldi.

Ushbu tadbirda MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, O'zbekiston gimnastika federaciyasi mutasaddilari, trenerlar va sport jamoatchiligi vakillari ishtirok etishdi.

Konferenciyada “O'zavtosanoat” AJ kompaniyasi boshqaruv rahbari SHavkat Bo'ronovich Umrzoqov nomzodi O'zbekiston gimnastika federaciyasi raisligiga ilgari surildi va konferenciya delegatlari tomonidan bir ovozdan maqullandi. Takidlash joiz, SHavkat Bo'ronovich boshqaruvidagi “O'zavtosanoat” AJ ushbu federaciya uchun begona emas. "O'zavtosanoat" uzoq yillardan beri federaciyaning bosh homiysi sifatida ushbu sport turini mamlakatimizda rivojlantirishda ulkan hissa qo'shib kelmoqda. So'z o'rnida SH.Umrzoqov o'zbek gimnastikasi rivojini yangi bosqichga olib chiqish yo'lida bor kuchini ishga solishini takidladi.

“Avvalo, menga bildirilgan ishonch uchun O'zbekiston gimnastika federaciyasi oilasiga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Bu men uchun haqiqatda katta masuliyat. O'zbekiston gimnastika federaciyasi xalqaro maydonda katta shuhrat qozongan. Bunga sportchilarimizning jahon miqyosdagi yirik turnirlarda erishgan muvaffaqiyatlari, Xalqaro gimnastika federaciyasi va Osiyo gimnastika ittifoqi tomonidan o'tkaziladigan seminar va konferenciyalarda muntazam ishtirok etishlari misol bo'la oladi. Bugungi kunda federaciyamiz dunyodagi 162 milliy federaciyalar orasida eng yaxshi 10 tasidan biridir. Biroq oldimizda o'z echimini kutayotgan qator muammolar ham turibdi. Terma jamoalarga, malakali kadrlarga etarlicha etibor berilmagani, moliyalashtirishning to'liq emasligi bois bir qator istiqbolli sportchi va mutaxassislar sevimli ish joylarini tark etishdi. Ushbu lavozimga nomzodimni ilgari surishdan avval o'zbek gimnastikasi tarixini o'rganib chiqdim. Aytishim mumkinki, XX asr davomida qayd etilgan ulkan yutuqlar meni hayratga soldi. O'zbek gimnastikasi eski ananalarini qayta tiklashi, uni jahonning etakchi maktablaridan biriga olib chiqishi kerak, deb o'ylayman. Bu kabi ezgu maqsadlarimizni tezroq amalga oshirish uchun bor kuch-g'ayratimni ishga solishga vada beraman”, – dedi federaciyaning yangi raisi.

SHuningdek, konferenciya davomida federaciyaning bir qator lavozimlariga vakillar tasdiqlab olindi. Unga ko'ra, Ruslan Bulatovich Mustaev federaciya raisining birinchi o'rinbosari, Go'zal Bahodirovna Filippova federaciya bosh kotibi, Galina Vyacheslavovna Isroilbekova direktor sifatida faoliyatini davom ettiradi. Qolaversa, yo'nalishlari bo'yicha murabbiylar shtabi ham tasdiqlab olindi.

Tadbir davomida federaciya faoliyati bilan bog'liq bir qator dolzarb masalalar muhokama qilindi. Federaciya bosh hisobchisining moliyalashtirish va sarf-xarajatlar to'g'risidagi hisoboti tinglandi. SHuningdek, federaciya azolari va murabbiylar ko'tarilgan masalalar bo'yicha o'z fikr va takliflari bilan o'rtoqlashdilar.

Manba: O'zbekiston gimnastika federaciyasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing