So’nggi yangiliklar

14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0

24 okt 08:29
Yangiliklar

O'q otish

O'zbekiston kamondan otish bo'yicha Turkiya bilan yaqindan hamkorlik qiladi

Malumki, Turkiya sportning kamondan otish turi bo'yicha etakchi mamlakatlardan hisoblanadi.

Bugungi kunga kelib O'zbekistonda ham olimpiya sport turi hisoblangan kamondan otish taraqqiyoti yo'lida qator islohotlar, samarali ishlar olib borilmoqda. Bu borada ilg'or mamlakatlar tajribalari o'rganilmoqda, ular bilan yaqindan hamkorlik aloqalari o'rnatilmoqda.

Kecha, 23 oktyabr kuni O'zbekiston kamondan otish federaciyasi raisi Otabek Imomov hamkorlik rishtalarini yo'lga qo'yish, o'zaro tajriba almashish maqsadida Turkiyada mamlakat Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti, Xalqaro kamondan otish federaciyasi rahbari Ug'ur Erdener bilan uchrashdi. Uchrashuv chog'ida tomonlar bir qator muhim masalalar bo'yicha kelishuvga erishishdi. 

Unga ko'ra turkiyalik murabbiylar O'zbekistonga tashrif buyurib, sportchilarimiz uchun mashg'ulotlar, mahorat saboqlari tashkil etadilar. SHuningdek, selekciya masalasida ham murabbiylarimizga yaqindan yordam beradilar. Undan tashqari, O'zbekiston terma jamoasi azolari Turkiyada o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazadilar. Muhim musobaqalarga aynan turkiyalik sportchilar bilan birga tayyorgarlik ko'radilar.

Eslatib o'tamiz, avgust oyida O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov Turkiyaga safari davomida Butunjahon etnosport konfederaciyasi rahbari, Kamonchilar fondi vasiylik kengashi raisi, Turkiya yoshlar fondi Oliy maslahat kengashi azosi Najmiddin Bilol Erdogan bilan uchrashuv o'tkazgan va hamkorlikni kuchaytirish, aloqalarni yanada mustahkamlash, kamondan o'q otish sport turiga oid bir qator masalalarni muhokama qilishgan edi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing