So’nggi yangiliklar

13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0

12 fev 09:52
Yangiliklar

Karate

O'zbekiston karate milliy federaciyasi selekciya ishlariga jiddiy etibor qaratmoqda

Teglar :  Karate
Xabaringiz bor, karate sport turi to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasi bo'lgan yozgi Olimpida o'yinlaridan mustahkam o'rin egalladi.

Yaponiya poytaxti Tokioshahri mezbonlik qiladigan  yozgi olimpiya o'yinlarida ishitirok etishni maqsad qilgan   O'zbekiston karate milliy federaciyasi ushbu nufuzli musobaqaga munosib ishtirok etish niyatida tayyorgarlik ishlarini  boshlab yuborgan. Xususan, o'g'il-qizlarimiz o'rtasida karate  sport turini yanada ommalashtirish, iqtidorli sportchi-yoshlarni saralash, qolaversa, murabbiylarning kasb-mahoratini oshirish, viloyatlarda karate sport turini yanada rivojlantirish maqsadida  bir qator ishlarni amalga oshirishmoqda.  O'zbekiston karate milliy federaciyasi taqvim-rejasiga muvofiq o'tkazilayotgan ushbu o'quv-mashg'ulotlar, seminar va selikciya ishlari Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri barcha viloyatlarda bir oy mobaynida tashkil etiladi. Dastlab 9 fevraldan boshlangan ushbu say-harakatlarga Surhondaryo viloyati mezbonlik qildi. Surxondaryo viloyati karate milliy federaciyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ish - rejasiga muvofiq, bolalar va o'smirlar o'rtasida viloyat birinchiligi bellashuvlari o'tkazildi. Termiz shahri mezbonligida o'tgan viloyat birinchiligida g'olib va sovrindor bo'lgan yosh karatechilar murabbiy va mutaxassislar etiborida bo'ldi. Boisi, ushbu musobaqa selekciya vazifasini o'tashi bilan ahamiyatli sanaladi. O'zbekiston karate (WKF) bo'yicha milliy terma jamoaga munosib nomzodlarni  saralash - musobaqadan ko'zlangan asosiy vazifalardan biri edi. Musobaqa doirasida hakamlar uchun o'quv-seminari ham tashkil etildi. Sababi, karate bo'yicha hakamlarimizning xalqaro miqyosdagi musobaqa va turnirlarda ishtirokini ko'proq taminlash hamda bu orqali ham mamlakatimiz nufuzini jahon sport maydonlaridan turib mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilishdir. 

Rejaga muvofiq, O'zbekiston karate milliy federaciyasi ishchi guruhi navbatdagi viloyat birinchiligi va selekciya ishlarini amalga oshirish uchun  ertadan Qashqadaryo viloyatida davom ettiradi.

Ayni paytda yurtimizda 20 mingdan ortiq yoshlarimiz karate sport turi bilan muntazam mashg'ulotlarga kirishgan, - deydi O'zbekiston karate milliy federaciyasi raisi o'rinbosari Komiljon Odilov. – Xabaringiz bor, karate sport turi yozgi olimpiya o'yinlari  dasturidan mustahkam o'rin olgan.  karatega bo'lgan etibor va qiziqish natijada yanayam kuchaydi. Xalqaro musobaqalarda ham raqobat  ortgan. O'zbekiston karate milliy federaciyasi raisi Alam Mullaev boshchiligida vazifamiz Tokio-2020 o'yinlariga karate (WKF) bo'yicha yo'llanmalarni qo'lga kiritish va kuchlilar qatorida bo'lishni niyat qilgan holda bor etiborimizni sportchilarimiz orasidan eng iqtidorlilarini saralab terma jamoamizga jalb qilish, o'quv-yig'in mashg'ulotlari, seminarlar o'tkazish kabi ishlarga qaratamiz. SHuningdek, karatechilarimizni Osiyo, jahon chemionatlari, xalqaro turnirlada ishtirokini taminlash  asnosida ularning mahoratlarini oshirib borish va Tokio-2020 o'yinlariga ko'proq sportchilarimiz bilan borib, kuchli uchlikdan joy olish va Vatanimiz sharafani ulug'lash bosh maqsadimiz bo'lib qoladi.

Ilhom RAHMONOV 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing