So’nggi yangiliklar

16:55Нурсултон Рўзибоев: «Ўзимнинг хатом билан рақиб курашга кирди» 0 16:32"Фьюри тўққизинчи раундда туриб бера олганидан ҳайрон қолдим" - Кличко 0 16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0

14 fev 12:48
Yangiliklar

Tadbirlar

O'zbekiston kriket federaciyasi va O'zDJTSU o'rtasida Memorandum imzolandi

Teglar :  O'zDJTSUKriket
O'zbekiston davlat Jismoniy tarbiya va sport universitetida O'zbekiston kriket federaciyasi hamda O'zbekiston davlat Jismoniy tarbiya va sport universiteti o'rtasida kriket sport turini rivojlantirish borasidagi o'zaro hamkorlik Memorandumini imzolashga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbirda O'zbekiston kriket federaciyasi raisi Aziz Mihliev, universitetning ilmiy ishlar va inovaciyalar bo'yicha prorektori Kamil Bayazitov, Gandbol, tennis, badminton nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mudiri SHuhrat To'laganov, universitetning proffesor-o'qituvchilari, talabalar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Universitet va kriket federaciyasi o'rtasida imzolangan ushbu memorandumdan ko'zlangan maqsad - talim, ilm-fan, manaviy-marifiy sohalarda bilim va tajriba almashish, yoshlar o'rtasida kriket sport turini yanada rivojlantirish, universitet talabalari orasida kriket sport turini ommalashtirish va ularni shu sport turiga jalb qilish orqali iqtidorli sportchi-talabalarni saralash va kriket bo'yicha musobaqalar tashkil etish kabi bir qator vazifalarni amalga oshirishdan iborat.

Federaciya va universitetning o'zaro kelishuvi doirasida kriket bo'yicha mutaxassislarini jalb etgan holda qisqa o'quv ko'rslarini tashkil etish, kriket sport turiga oid ilmiy risolalar chop etishni yo'lga qo'yish ham kelishib olindi.

Memorandum imzolash marosimi yakuniga etgach, O'zbekiston kriket federaciyasi raisi Aziz Mihliev tadbir ishtirokchilariga kriket sport turining mamlakatimizda hali yangi sport turlari qatorida ekanligi, kriket federaciyasining ichki va xalqaro hamkorlik doirasidagi faoliyati, kriket sport turini rivojlantirish orqali turizmga keng yo'l ochilishi, “Xanchjou – 2022” Osiyo o'yinlarida ishtirok etish rejalari singari malumotlarni berib o'tdi.

SHundan so'ng universitet talabalari ishtirokida kriket sport turi bo'yicha ko'rgazma shaklidagi taqdimot o'tkazildi.

Tadbir yakunida O'zbekiston kriket federaciyasi tomonidan faol ishtirokchilarga faxriy yorliqlar, universitet rektori va boshqa masullarga tashakkurnoma taqdim etildi.

Takidlash joiz, O'zbekiston kriket federaciyasi 2019  yil 29 noyabrda rasman faoliyatini boshlagan bo'lib, federaciya raisi Aziz Mihliev say-harakati bilan kriket sport turi rivojlangan mamlakatlar bilan hamkorlikdagi xalqaro aloqlar yo'lga qo'yilgan.

Universitet va kriket federaciyasi tomonidan imzolangan kelishuv ham mamlakatimizda kriket sport turining rivojlanishiga, yoshlar orasida ommaviylashishi uchun dasturul amal bo'lib xizmat qiladi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing