So’nggi yangiliklar

15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0

20 apr 11:06
Yangiliklar

O'q otish

O'zbekiston kubogi. Andijonda merganlar bellashmoqda

Andijonda sportning o'q otish turi bo'yicha O'zbekiston kubogining ikkinchi bosqich bahslari davom etmoqda.

Bu haqda O'zbekiston o'q otish federaciyasi matbuot xizmati xabar bermoqda. Dasturdan o'rin olgan pnevmatik miltiqdan 10 metrlik masofadagi nishonga o'q uzish bo'yicha o'tgan VP6 mashqlarida g'oliblik uchun keskin kurash Andijonlik Mushtariy Tojimatova, Farg'onalik Marina Merkulova, Surxondaryolik Nataliya Slastyon, poytaxt viloyati vakilalari Zaynab Pardaboeva hamda SHaxnoza Turg'unovalar o'rtasida kechdi. 

Ayniqsa dastlabki o'q uzishlarda raqibalaridan kam ochko to'plagan andijonlik Robiyaxon Mirkomilovaning yakunda kuchli to'rtlika kirgani, SHaxnoza Turg'unovaning kuchli uchlik uchun munosib mahorati mutaxassislar tomonidan etirof etildi. 

Yakunda g'oliblik uchun kurashda 229 ochko to'plagan Toshkent viloyati vakilasi Zaynab Pardaboeva birinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Ikkinchi o'rin esa Nataliya Slostyonga nasib etdi. U 227 ochko jamg'ardi. 

- O'zbekiston kubogida g'oliblik uchun kurash juda qizg'in kechmoqda. Kichik xato etakchi nomini o'zgartirib yuborishi mumkin. Bu dastlabki kungi bahslardayoq o'z isbotini topdi. Bundan besh-olti yil ilgari musobaqa yarmida kim birinchi o'rinni olishi mumkinligi oydinlashardi. Endi esa nishonga eng so'nggi o'q otilishini kutyapmiz, - deydi musobaqa bosh hakami SHokir Nabiev.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing