So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

11 okt 18:28
Yangiliklar

Sport kurashlari

O'zbekiston Kubogida "sensaciya"! Xorazm viloyati Kubok sohibiga aylandi

Navoiy shahridagi Yakkakurash turlariga ixtisoslashtirilgan Bolalar-o'smirlar sport maktabi zalida o'tkazilgan ayollar erkin kurashi bo'yicha O'zbekiston Kubogi yakuniga etdi.

Musobaqada Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahridan 100 nafarga yaqin 2006-2007 yillarda tavallud topgan o'smir qizlar medallar uchun bahs olib borishdi. Ikki kun davom etgan va 10 ta vazn toifasida tashkil etilgan bellashuvlarda biroz kutilmagan natija kuzatildi.

Xorazm viloyati ayollar kurashi jamoasi mamlakatimizda etakchi hisoblangan Qoraqalpog'iston Respublikasi va Navoiy viloyati jamoalarini ortda qoldirib, O'zbekiston Kubogi sohibiga aylandi. Qoraqalpog'istonlik kurashchi qizlar ikkinchi o'rinni band etishgan bo'lsa, kuchli uchlikka mezbonlar Navoiy viloyati jamoasi yakun yasab berdi. 

"Xorazmlik kurashchi qizlarning natijasidan xursand bo'ldik. Bu raqobat va rivojlanishdan darak. O'smirlarimiz jahon va Osiyo chempionatlarida munosib ishtirok eta olishlarini isbotlashdi. Bosh murabbiy sifatida shaxsan men bunga ishonaman", - deydi mamlakat o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi To'ymurod Adizov.

SHuningdek, O'zbekiston Kubogi doirasida murabbiylar va hakamlar uchun seminar ham o'tkazildi.    

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing