So’nggi yangiliklar

15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0

07 iyu 20:36
Yangiliklar

Boshqalar

O'zbekiston Milliy antidoping agentligiga yangi bosh direktor tayinlandi

Teglar :  Antidoping
Abdushukur Abdujamilevich Sadikov O'zbekiston Milliy antidoping agentligi bosh direktori lavozimiga tayinlandi.

Kecha Sportni rivojlantirish vazirligida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligiga yangi bosh direktor tayinlanishi munosabati bilan yig'ilish o'tkazildi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 6 apreldagi 301-sonli qaroriga binoan, Abdushukur Abdujamilevich Sadikov O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi bosh direktori etib tayinlandi.

Abdushukur Sadikov 1974 yil Toshkent shahrida tavallud topgan. Oliy malumotli, Toshkent tibbiyot akademiyasi hamda Toshkent davlat yuridik universitetlarini tamomlagan.

U, 2018 yildan shu kunga qadar Milliy olimpiya qo'mitasi qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi direktori lavozimida ishlagan.

Abdushukur Sadiqov faoliyati davomida Toshkent tibbiyot akademiyasida assistent, docent, so'ngra Sog'liqni saqlash vazirligi tizimida bosh boshqarma boshlig'i o'rinbosari va boshlig'i lavozimlarida ishlagan. Keyinchalik, Andijon davlat tibbiyot instituti rektori va viloyat Sog'liqni saqlash boshqarmasi boshlig'i lavozimlarida faoliyat yuritgan.

U “Tibbiyot va sport” ilmiy jurnali bosh muharriri, 70 dan ortiq nashrlar, yo'riqnomalar, patent va monografiyalar muallifi hisoblanadi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestaciya komissiyasining 2021 yil 30 yanvardagi qarori bilan Abdushukur Sadiqovga professor ilmiy darajasi berilgan.

Abdushukur Abdujamilevich Sadikovga yangi boshlagan ishlarida omad va zafarlar tilab qolamiz!.

O'zbekiston Milliy antidoping agentligi axborot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing